WSJ: Rossiya bozorlarga 4 mln tonna Ukraina g‘allasini jo‘natdi
2022 yildan beri Ukrainaning egallab olingan viloyatlaridan bozorlarga kamida 4 million tonna g‘alla jo‘natilgan, deb xabar berdi WSJ ushbu mamlakat qishloq xo‘jaligi siyosati vaziri o‘rinbosariga tayanib.

Foto: REUTERS/Igor Tkachenko
2022 yildan beri Rossiya Ukrainaning egallab olingan hududlaridan xalqaro bozorlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri kamida 4 million tonna don jo‘natgan. Bu haqda Ukraina agrar siyosat va oziq-ovqat vazirining sobiq o‘rinbosari Markiyan Dmitrasevich ma’lum qildi. Uning so‘zlari 16 sentabr, dushanba kuni The Wall Street Journal (WSJ) saytida keltirildi.
«2022 yildan buyon ushbu operatsiya doirasida kamida 4 million tonna g‘alla va boshqa mahsulotlar egallab olingan Ukrainadan xalqaro bozorlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri jo‘natilib, 800 million dollar daromad keltirildi», — dedi Dmitrasevich.
Ayni paytda, Euromaidan Press aniqlik kiritishicha, savdoda turli tashkilotlar, jumladan, hujum uchun kemalarni jihozlagan portlardan biri, Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK, Eron qurolli kuchlarining elita bo‘linmalari) bilan bog‘liq kompaniya, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari va Suriya orqali savdo qiluvchi korxonalar ishtirok etgan. Operatsiya Moskvaga iqtisodiy bosim kuchayib borayotganiga qaramay, Rossiya ittifoqchilarining sodiqligini saqlab qolishga yordam beradi, deydi ekspertlar.
Ukraina Qrimdan don olib chiqib ketayotgan yuk kemasini xatlovga oldi
Avvalroq, iyul oyida Ukraina rasmiylari Odessa viloyatining Reni porti akvatoriyasida Kamerun bayrog‘i ostida bo‘lgan kemani xatlovga olgani, u, razvedka xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya tomonidan egallab olingan Ukraina hududlaridan o‘g‘irlangan donni olib chiqib ketayotgani ma’lum bo‘lgan edi.
Ukraina Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning noyabr oyida USKO MFU kemasi Qrimdagi Ukraina tomonidan yopilgan Sevastopol portiga kirib, chiqib ketgan.
Ukraina Xavfsizlik xizmati kapitanga Ukrainaning vaqtincha egallab olingan hududiga kirish va chiqish tartibini buzish (Ukraina Jinoyat kodeksining 332-1-moddasi 2-qismi) moddasi bo‘yicha gumon haqida ma’lum qildi. Ushbu moddaga ko‘ra, u 5 yilgacha qamalishi mumkin. Kapitandan tashqari, kema ekipaji 12 nafar xorijlikdan iborat edi.
2014 yil 15 iyulda Ukraina Qrim va Sevastopol hududidagi barcha portlar faoliyatini rasman to‘xtatdi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

08:28 / 05.04.2025
Yevropa va Kanada Putindan AQSh taklifiga darhol javob berishni talab qilmoqda

08:14 / 05.04.2025
«Rossiya otashkesimga tayyorgarlik ko‘rayotganining alomati yo‘q» - NATO razvedkasi

00:50 / 05.04.2025