Muloqot çoğida turizm va sport sohasidagi Özbekiston-Polşa hamkorligining ustuvor yönalişlari yuzasidan fikr almaşildi. Suhbatdoş turizm Polşa iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri ekanligini ta’kidladi. Ayni paytda uning yalpi içki mahsulotdagi uluşi qariyb 5 foizni taşkil etsa, Polşa tomoni 2030 yilga borib bu körsatkiçni 10 foizga yetkazişni maqsad qilib qöygan.
Pyotr Boris, şuningdek, 2025 yil boşidan buyon Özbekistonga 8 mingdan ortiq polyak sayyohlari borganini bildirdi va bu raqamlarni yanada oşiriş uçun imkoniyatlar borligini qayd etdi.
Tomonlar ikki mamlakatda sayyohlik körgazmalari, reklama va madaniy tadbirlarni ötkaziş orqali özaro turizmni tarğib qiliş, turizm va sport sohalarida idoralararo maslahatlaşuvlarni yölga qöyiş muhimligini ta’kidladi.
Bundan taşqari, Özbekiston va Polşa voleybol federatsiyalari örtasida hamkorlikni yölga qöyiş, futbol böyiça Özbekiston va Polşa milliy terma jamoalari örtasida örtoqlik uçraşuvlarini taşkil etiş, şuningdek, Samarqand–Krakov yönalişida aviaqatnovlarni oçiş kabi takliflar muzokaralarning asosiy mavzusi böldi.

















