O‘zbekiston | 09:00 / 19.09.2024
942
1 daqiqa o‘qiladi

Ipakchilik instituti huzurida naslli urug‘chilik stansiyalari tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining «Ipakchilik sohasida naslli urug‘chilik stansiyalari faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz

Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti tarkibida davlat muassasasi shaklidagi naslli urug‘chilik stansiyalari tashkil etildi

Ularning asosiy vazifalari – ipak qurtining yuqori sifatli elita urug‘larini tayyorlab, urug‘chilik korxonalarini ular bilan ta’minlash hamda ushbu yo‘nalish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish. 

Stansiyalarga zarur bino va inshootlarni qurish uchun Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimlari 1 gektardan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni ajratishadi. 

Bundan tashqari, intensiv tutzorlarni tashkil etish uchun 18 gektar yer maydoni ijara huquqi asosida ajratiladi.

Mavzuga oid