Prezident Şavkat Mirziyoyev 19 sentabr kuni atrof-muhitni muhofaza qiliş va turizm sohalaridagi takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Yiğilişda qayd qilinişiça, havoni musaffo saqlaş, ekologik hodisalarning ta’sirini kamaytiriş uçun ikkita dastur işlab çiqildi.

Birinçisi – Çang böronlariga qarşi kuraşiş va ularning oqibatlarini yumşatiş böyiça 2024 - 2030 yillarga möljallangan milliy dasturdir. Bu hujjatda «Yevro-4» standartidan past toifadagi yoqilğini sotiş va undan foydalanişni bosqiçma-bosqiç töliq taqiqlaş nazarda tutiladi. Buning uçun Buxoro va Farğona neftni qayta işlaş zavodlari yuqori sifatli yoqilği işlab çiqariş böyiça modernizatsiya qilinadi.

Ikkinçisi – Toşkent şahrida atmosfera havosi sifatini yaxşilaşga qaratilgan çora-tadbirlar dasturi bölib, unga köra, kelgusi 5 yilda poytaxt va unga tutaş Toşkent viloyati tumanlarida 441 gektar «yashil belboğ» va boğlar taşkil qilinadi.

Sanitar tozalaş işlarini tartibga soliş maqsadida mavjud markaz negizida Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligini tuziş taklif etilmoqda. Sanitar tozalaş korxonalarining samaradorlik körsatkiçlariga qarab, uçta toifaga ajratgan holda reyting tizimi joriy qilinadi.

Yangi quriladigan, balandligi 12 metrdan yoki umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bölgan binolarni loyihalaştirişda unga tutaş hududlarning kamida 25 foizini kökalamzorlaştiriş talabi qöyiladi. Şuningdek, atrof-muhitga zarari köp sanoat korxonalari ham «yashil belboğ»lar barpo etiş majburiyatini oladi.

Ekologik huquqbuzarliklarning oldini oliş, bu borada jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş masalalariga ham e’tibor qaratildi. Faol va jonkuyar insonlarni rağbatlantiriş maqsadida «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan ekolog» faxriy unvonini ta’sis etiş taklifi bildirildi.

Atrof-muhit bilan boğliq bölgan masalalar böyiça qarorlar qabul qiliş jarayonida jamoatçilikning axborot oliş imkoniyati, iştiroki va odil sudlovga erişiş imkoniyati töğrisidagi Orxus konvensiyasiga qöşiliş masalasi körib çiqildi.

Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga quriliş maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qiliş talablariga rioya qilmaslik böyiça modda kiritiş maqsadga muvofiqligi aytildi. Şuningdek, daraxtlarni kesiş va qasddan quritiş, daryo özanlaridan noqonuniy qum-şağal qazib oliş, çiqindilarni belgilanmagan joylarga taşlaş kabilar uçun jarimalarni oşiriş va qat’iylaştiriş çoralari köriladi.