Oliy Majlis Senatining 57-yalpi majlisida “Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun körib çiqildi.
Qonun bilan MJtKning 171-moddasi oltinçi qism bilan töldirilib, unda foto va video qayd etiş texnika vositalari orqali aniqlangan huquqbuzarliklar haqida öz vaqtida fuqaroni xabardor etiş va çora köriş bilan boğliq yangi norma kiritilmoqda.
Bunda yöl harakati qoidalari buzilişiga oid ma’lumotlar 48 soat içida Yöl harakati xavfsizligi xizmatiga yuborilişi, aks holda haydovçi ma’muriy javobgarlikka tortilmasligi belgilanmoqda.
Şuningdek, bugungi kunda tez tibbiy yordamga va yonğin-qutqaruv bölinmalari xizmatlariga muhtoj fuqarolarga uşbu xizmatlar zudlik bilan körsatilişini ta’minlaş maqsadida maxsus xizmatlarning transport vositalari katta tezlikda yoki yöl belgilariga rioya etmay harakatlanişi holatlari ham mavjud. Bunday holatlarda uşbu transport vositalari “radarlar”ga tuşadi. Amaldagi qonunçilikka köra, tez tibbiy yordam va yonğin-qutqaruv bölinmalari xizmatlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarganliklarini tasdiqlovçi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda ma’muriy iş tugatilişi belgilangan.
Muhokama qilingan qonun bilan işni tugatiş uçun tez tibbiy yordam va yonğin-qutqaruv bölinmalarining transport vositalari tomonidan keçiktirib bölmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovçi hujjatlar taqdim etilişi talabi bekor qilinmoqda.
Şuningdek, individual harakatlaniş vositalari yordamida huquqbuzarlik sodir etganlik uçun, jumladan, skuterlar, mopedlar, velosipedlarni hamda ulovli aravani boşqariş, şuningdek, individual harakatlaniş vositalari va skuterlar haydovçilari tomonidan odamlarni taşiganlik uçun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Şu bilan birga, yangi qonun bilan YPX xodimlarining xizmat ötaş vaqtida yöl harakati qoidabuzarligini aniqlagan taqdirda qoidabuzarga joyning özida jarima qöllaşi mumkinligini nazarda tutuvçi vakolati bekor qilinmoqda.
Qonun bilan qabul qilinayotgan yana bir norma yuk avtomobillari yölning çetki çap qatorida harakatlangani (ruxsat etilgan hollar bundan mustasno) uçun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Amaldagi normalarga köra, hukumat qarori bilan tasdiqlangan Yöl harakati qoidalarida yuk avtomobillariga faqat çapga buriliş yoki qayrilib oliş uçun yölning çetki çap qatorini egallaşga ruxsat etilib, boşqa hollarda çap qatorda harakatlaniş taqiqlangan.

















