Prezident Şavkat Mirziyoyev 19 sentabr kuni atrof-muhitni muhofaza qiliş va turizm sohalaridagi takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Taqdimotda tibbiy turizmni rivojlantiriş çora-tadbirlari ham muhokama qilindi.

Qayd qilinişiça, Özbekiston bu yönalişda Markaziy Osiyoning «çorlovçi nuqtasi» sifatida tarğib qilinadi. «Tibbiy xizmatlar mehmondöstligi» dasturi amalga oşiriladi. Tibbiy va soğlomlaştiriş muassasalari faoliyati rağbatlantirilib, ularning yagona reyestri işga tuşiriladi. Mehmonxonalar kabi yulduzli sanatoriylar faoliyati yölga qöyiladi.

Davlat rahbari bular böyiça hujjat loyihalarini puxta işlab çiqiş va ijrosini samarali taşkil etiş böyiça körsatmalar berdi.