Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konida 17 sentabr kuni yana vodorod sulfid gazi çiqişi bilan boğliq avariyada 4 kişi halok böldi, 11 kişi jabrlandi.
Kun.uz Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Toğ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qiliş inspeksiyasi bilan boğlanib, Boysunda yuz bergan hodisa böyiça inspeksiya tomonidan nimalar qilinayotganiga qiziqdi.
Ma’lum qilinişiça, hodisani örganiş böyiça Energetika vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toğ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qiliş inspeksiyasi hamda tegişli idoralar bilan birgalikda işçi guruh tuzilgan.
“Toğ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan 2024 yil 19 sentabrda qabul qilingan buyruq bilan uşbu guruhiy baxtsiz hodisa yuzasidan maxsus tekşiruv ötkazilmoqda. Tekşiruv yakuniga yetganidan söng barça hujjatlar (materiallar) umumlaştiriladi va tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organga iş oçiş uçun taqdim etiladi.
Mehnat şaroitlari va xavfsizlik qoidalariga amal qilingani böyiça hamda holatni örganiş yuzasidan amalga oşirilgan işlar natijasi böyiça ma’lumotlar tekşiruv yakunlangandan söng taqdim etilişini ma’lum qilamiz”, – deyiladi inspeksiya axborotida.
Ma’lumot uçun, uşbu nazorat organining vazifalari qatoriga quyidagilar kiradi:
- yer qa’rini geologik örganişda undan foydalaniş va muhofaza qiliş, foydali qazilmalarni (şu jumladan, yer osti suvlarini) qazib oliş, mineral xomaşyoni qayta işlaşda yer qa’ridan foydalanuvçilar tomonidan qonunçilik va texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlar talablariga hamda yer qa’ridan foydalaniş şartlariga yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan rioya etilişi ustidan davlat nazoratini amalga oşiriş;
- Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi xavfli işlab çiqariş obektlarida hamda konçilik, portlatiş işlari, portlovçi materiallarning aylanmasi va metallurgiya yönalişlari sanoat xavfsizligi sohalarida qonunçilik va texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan rioya etilişi ustidan davlat nazoratini amalga oşiriş va boşqalar.

















