17 sentabr kuni Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konida sodir bölgan yangi avariya oqibatida tört kişi halok bölgani ma’lum qilindi. Bu haqda Gazeta.uz davlat rahbarining matbuot kotibi Şerzod Asadovga tayanib yozmoqda.
Qayd etilişiça, halok bölganlarning şaxsiga aniqlik kiritilganida ular konda işlagan pudratçi taşkilot xodimlari ekani oydinlaşgan. Hozirda jabrlanganlar soni aniqlaştirilayotgani aytilmoqda.
“Tibbiy yordam sörab murojaat qilgan bir neçta jabrlanganlar borligi ma’lum. Ularning barçasini ham kasalxonaga yotqiziş zarurati bölmagan. Soat 16:00 holatiga şifoxonada bir nafar işçi bölgan”, – deyiladi xabarda.
Şerzod Asadovning ma’lum qilişiça, prezident Şavkat Mirziyoyevga hodisa sodir bölişi bilanoq xabar berilgan. U tegişli topşiriqlar berib, real vaqt rejimida vaziyat haqida ma’lumot olmoqda.
Hodisa sodir bölgan joyga mas’ul vazirlik va taşkilotlar rahbarlari yetib borgan. Mahalliy tuzilmalarga avariya oqibatlarini bartaraf etişda yordam beriş uçun xorijiy mutaxassislar jalb qilingan.
18 sentabr soat 18:00 da Boysun tumanida bölib turgan favqulodda vaziyatlar va energetika vazirlari tomonidan “M25” konining özida matbuot anjumani bölişi va qöşimça ma’lumotlar berilişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, şu kuni AOKAda OAV bilan ötgan yiğilişda Ekologiya vazirligi hamda Boş prokuratura vakillari gaz konidagi ofat takrorlanganini tasdiqlagandi.

















