Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi qator hududlarda davlat xaridlari o‘tkazilishi bilan bog‘liq qonun buzilishi holatlarini aniqladi.

2024 yil davomida o‘tkazilgan jami 4,4 mlrd so‘mlik tanlov savdolarida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan:

  • Sog‘liqni saqlash boshqarmasi — 3,5 mlrd so‘mlik 2 ta;
  • Madaniyat boshqarmasi — 490 mln so‘mga yaqin 3 ta;
  • Yoshlar ishlari boshqarmasi — 250 mln so‘mlik 1 ta.

Toshkent shahri
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi buyurtmachiligida 3 ta 2,1 mlrd so‘mdan ortiq hamda Yashnobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan 1,3 mlrd so‘mga yaqin 3 ta tender savdolarida qonun buzilishlari aniqlandi.

Andijon viloyati
Andijon shahri maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi buyurtmachiligidagi boshlang‘ich narxi 200 mln so‘mga yaqin va Shahrixon tumani tibbiyot birlashmasining 900 mln so‘mga yaqin eng yaxshi taklif savdolari bekor qilingan. Shuningdek, Kardiologiya dispanseri tomonidan 170 mln so‘mlik tender savdosi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilib, belgilangan tartibda tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

Jizzax viloyati
Iyul-avgust oylarida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ijtimoiy sohadagi o‘tkazilgan jami 850 mln so‘mga yaqin tanlov savdolarida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan. Jumladan:

  • Keksalar, urush va mehnat faxriylari uchun Jizzax sanatoriysida 49,9 mln so‘mlik;
  • Mirzacho‘l tuman tibbiyot birlashmasida 360,8 mln so‘mlik;
  • RID va KIATMning Jizzax viloyat hududiy filialida 210,0 mln so‘mlik;
  • Sharof Rashidov tumani tibbiyot birlashmasida 20 mln so‘mlik;
  • Zafarobod tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida 200,0 mln so‘mlik.
  • Samarqand viloyati
  • Oqdaryo tumani madaniyat bo‘limi buyurtmachiligida 310 mln so‘mlik hamda Kattaqo‘rg‘on shahri drama teatri tomonidan 40 mln so‘mga yaqin tender savdolarida qonun buzilishi holatlari ma’lum bo‘ldi.

Qashqadaryo viloyati
Qarshi tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan 107 mln so‘mga yaqin tanlov savdosida tanlov takliflarini baholash mezonlarini belgilashda qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan.