Fransiya şimolidagi Depp şahri yaqinida talabalar tomonidan olib borilgan qazişma işlari davomida içiga maktub berkitilgan sopol idiş topildi, deb xabar beradi Bild.
Qaziş işlariga rahbarlik qilgan Giyom Blondelning ma’lum qilişiça, sopol idişdan topilgan şişa içidan 200 yil oldin yozilgan arxeologik maktub çiqqan.
Yaxşi holatda saqlangan qoğozga «P.J. Fere, Depp fuqarosi va turli ilmiy jamiyatlar a’zosi, 1825 yilda bu yerda qazişma işlarini olib borgan. U Cité de Limes nomi bilan tanilgan hududda öz tadqiqotlarini davom ettirmoqda», deb yozilgan.
Arxeolog öz maktubiga Depp yaqinidagi qoyatoşda qaziş işlarini boşlaganini yozgan. Blondel P.J. Fere ismli şaxs yaşab ötganidan xabardor. «Bu haqiqatda sehrli onlar edi. Oldinlari ham qaziş işlari olib borilganidan boxabar edik, ammo 200 yil oldin bitilgan maktubga duç keliş — mutlaqo kutilmagan holat böldi», — deydi u.

Depp şahar arxivi 200 yil oldin rostdan bu yerlarda ilk qazişma işlari olib borilganini tasdiqlagan.
Blondelning aytişiça, arxeologlar bunday turdagi maktublarni kamdan kam hollarda qoldiradilar: «Ba’zida şu kabi vaqt kapsulalari uçrab turadi. Biroq arxeologiyada bu juda kamyob. Arxeologlarning aksariyati özlaridan keyin bu yerga heç kim kelmaydi deb hisoblaydi», — deya tuşuntiradi Blondel.
Depp yaqinidagi qaziş işlari qoya yemirilişidan keyin qayta boşlangan. Blondel hamda uning jamoasi gallar qişloğidagi köplab artefaktlarni saqlab qolişga erişgan — ular orasida 2 ming yillik keramika ham bor.












