Tez kunda maşhur Britaniya muzeyida «Ipak yöllari» körgazmasi öz işini boşlaydi. Bu haqda prezident yordamçisi Saida Mirziyoyeva özining Telegram kanaliga yozib qoldirdi.

«Özbekistondan olib boriladigan noyob osori atiqalar boy madaniy merosimizni, diyorimizning Ipak yöli tarixidagi muhim örnini aks ettiradi», — deb yozadi Mirziyoyeva.

Qayd etilişiça, Britaniya muzeyida namoyiş etiladigan eksponatlar V-X asrlar oraliğida Ipak yöli böylab harakatlangan insonlar, mahsulot va ğoyalar madaniy hamda tarixiy aloqalarning rivojlanişiga qanday xizmat qilganini körsatadi. Körgazma 2024 yil 26 sentabrdan 2025 yil 23 fevralga qadar taşrif buyuruvçilar uçun oçiq böladi.