Bay Area News Group xabariga köra, Albinoning Oklenddagi jiyani Alitsa Alekin politsiya, Federal qidiruv byurosi va Adliya vazirligi kömagida AQŞning şarqiy sohilida istiqomat qilayotgan toğasini topişga muvaffaq bölgan.

63 yoşli Alekinning aytişiça, Albino otasi va bobosi singari Vetnamda xizmat qilgan iste’fodagi öt öçiruvçi va Dengiz piyodalari korpusining faxriysi hisoblanadi. Alitsa Albinoni topib, uni iyun oyida Kaliforniyadagi oilasi bilan qayta uçraştirdi.

1951 yil 21 fevral kuni notaniş ayol Ğarbiy Oklend boğida akasi bilan öynayotgan olti yoşli Albinoni aldab, olib ketgandi. Ayol unga ispança gapirib, şirinlik sotib olişni va’da qilgan.

Buning örniga, ayol bolani öğirlab, uni AQŞning şarqiy qirğoğiga olib borgan, bola u yerda bir juftlik tomonidan öz farzandidek tarbiyalangan. Bola şarqiy qirğoqning aynan qaysi hududida ulğaygani haqida ma’lumot berilmadi.

“70 yildan ortiq vaqt davomida Albino bedarak yöqolgan bölsa-da, u har doim oilasining qalbida edi, uning surati uyda osiğliq turardi”, — dedi Alekin. Uning 2005 yilda vafot etgan onasi öğli tirikligidan umidini uzmagan.

Oklend politsiyasi Alekinning sa’y-harakatlari “toğasini qidirişda muhim ahamiyat kasb etganini” e’tirof etdi Yangiliklar guruhiga bergan intervyusida ayol toğasi uni qidirib topgani uçun rahmat aytgani haqida sözlab berdi.

Yetmiş yil avval Oakland Tribune gazetasi maqolalarida politsiya, mahalliy harbiy baza askarlari, qirğoq qöriqlaş xizmati va boşqa şahar xodimlari yöqolgan bolani keng miqyosda qidirilayotganlar safiga qöşgani haqida xabar berilgan. Maqolalarga köra, San-Fransisko qöltiği va boşqa suv havzalari ham tekşirilgan. Uning akasi Rojyerni tergovçilar bir neça marta söroq qilişgan, biroq u boşiga römol öragan ayol ukasini olib ketganini takrorlab, boşqa tafsilot qöşa olmagan.

Alekinning aytişiça, toğasi hali hayot bölişi mumkinligi haqidagi dastlabki tasavvur 2020 yilda paydo bölgan, u “şunçaki qiziqiş uçun” onlayn DNK testidan ötgan. Test natijasi keyinçalik uning toğasi bölib çiqqan erkak bilan 22 foiz öxşaşlikni körsatgan. U öşa paytdagi qöşimça qidiruv işlari toğasidan heç qanday javob yoki munosabat keltirmaganini aytdi.

2024 yil boşida Alekin yana qidiruv işlarini boşladi. Oklend jamoat kutubxonasiga taşrifi çoğida u Tribune maqolalari asosidagi mikrofilmlarni, jumladan, Luis va Rojyerning fotosuratini tomoşa qildi, bu esa uni töğri yölda ekaniga işontirdi. Öşa kuniyoq u Oklend politsiyasiga murojaat qildi.