O‘zbekiston | 09:10 / 25.09.2024
923
1 daqiqa o‘qiladi

Olib chiqilayotgan qimmatbaho metallar haqidagi ma’lumot maxsus tizimga kiritiladi

Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda respublikadan olib chiqiladigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar hajmi bojxona organi axborot tizimida hisobga olinadi.

Foto: Getty Images

Iqtisodiyot va moliya vazirining  “Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi.

Jismoniy shaxslar tomonidan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda respublikadan olib chiqiladigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar hajmlari bojxona organlarining axborot tizimida hisobga olinadi.

Bojxona qo‘mitasi har oyda mazkur ma’lumotlarni Statistika agentligiga taqdim etib boradi.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.09.2024 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid