Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi paxta narxi ma’muriy yöl bilan arzonlaştirilayotgani bilan boğliq vaziyatni “töğri talqin qiliş”ni sörab bayonot berdi.

Vazirlik Surxondaryo viloyati Qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliği Rahmatullo Ğafforovning harakatlarini oqlagan.

Kun.uz avvalroq xabar berganidek, Ğafforov tumanlardan birining hokimiga 100 foiz fermer xöjaliklarini yiğib, ularga Toşkentdan kelgan blankaga imzo va muhr qöydirişni söragan. Şu tariqa, yil boşida fermerlar va klasterlar örtasida tuzilgan, tonnasiga 8-9 mln sömdan paxta yetkazib berişga oid şartnomalar fermerlarning ixtiyoriy-majburiy tarzda roziligi olingan holda özgartirilib, narx pasaytirilmoqda.

Qişloq xöjaligi vazirligining izohlaşiça, amaldorning bunday topşiriq berişida “anglaşilmovçilik yuzaga kelgan”.

Vazirlik öz izohida 16 sentabr kungi hukumat qarorida keltirilgan vajlarni takrorlagan. Unda jahon bozorida paxta narxlari tuşib ketgani, natijada Özbekistonda yil boşida tuzilgan fyuçers şartnomasidagi narxlar “bugungi kun real narxlariga töğri kelmayotgani”, şu sababli klasterlar öz mahsulotlarini jahon bozorida sotişda “juda katta zararga duç kelayotgani” aytiladi.

Ta’kidlanişiça, hozirda jahon bozoridagi paxta tolasining şakllangan kotirovkalari böyiça boşlanğiç fyuçers narxlari tonnasiga 6,8 mln söm atrofida şakllanmoqda. Şundan kelib çiqib, “past narx belgilanadigan bölsa, fermerlar jabr körişi mumkin”, degan vazirlik. Narxni nega bozor emas, davlat belgilaşi kerakligiga izoh berilmagan.

QXVga köra, 16 sentabr kungi hukumat qarori “paxta yetiştiruvçi fermerlar va uni qayta işlovçi klasterlarning manfaatlarini birdek közlagan holda” qabul qilingan.

Bu qarorga köra, paxta yetiştiruvçilar tomonidan birja savdolari orqali realizatsiya qilingan (elektron hisob-faktura asosida) bir tonna paxta xomaşyosi (paxta-töqimaçilik korxonalari tomonidan yetiştirilgan paxta xomaşyosi hamda uruğlik paxta bundan mustasno) uçun Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan 1 million söm miqdorida subsidiya ajratiş közda tutilgan.