Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) «Hamster Kombat» öyini va uning «HMSTR» kripto-aktivi savdosi bilan boğliq masalaga aniqlik kiritdi.
Qayd etilişiça, «The Hamster Foundation» loyihasi taşkilotçilari «TON» ekotizimi doirasida «Hamster Kombat» öyinining HMSTR tokeni çiqarilişini e’lon qilgan. Özbekistonliklar uşbu turdagi öyinlar uçun listing jarayonidan ötgan kripto-aktivlarni qonuniy ravişda sotib olişi yoki sotişi mumkinmi, fuqarolar uşbu kripto-aktivlar bilan qanday va qayerda operatsiyalarni amalga oşirişi mumkinligi haqida agentlikka savollar yöllagan.
ILMA bergan izohga köra, «HMSTR» tokenlarini faqat kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmat körsatuvçi milliy provayderlar orqali, agar ular kripto-birja kotirovka röyxatiga yoki kripto-dökonning savdo savatiga kiritilgan bölsa, xarid qiliş yoki sotiş mumkin böladi.
Agentlikning eslatişiça, Özbekiston hududida kripto-aktivning turi yoki nomidan qat’i nazar, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uçun qonunçilik darajasida ma’muriy va jinoiy javobgarlik çoralari belgilangan.
ILMA özbekistonliklarni huşyor bölişga çaqirib, loyiha böyiça norasmiy manbalar orqali olingan ma’lumotlarga, şuningdek, uşbu tokenlarni xarid qiliş/sotiş böyiça öz xizmatini taklif qilayotgan şaxslarga işonmaslikka çaqirmoqda.

















