Janubiy Koreyada itlarni göşti uçun boqişdan voz keçgan fermerlarga 100 milliard von (taxminan 75 million AQŞ dollari) miqdorida tovon puli beriladi. Bu haqda Qişloq xöjaligi, oziq-ovqat va qişloq hududlarini rivojlantiriş vaziri örinbosari Pak Bom Su ma’lum qildi.

Uning aytişiça, hukumat fermalarda qolgan itlarni evtanaziya qiliş imkoniyatini istisno qilgan. Rejaga köra, fermerlar topşirgan itlari uçun 225 ming vondan (170 dollar) 600 ming vongaça (450 dollar) miqdorida kompensatsiya olişi mumkin. Jonivorlar maxsus boşpanalarga ötkaziladi yoki ular uçun yangi ega topişga harakat qilinadi.

Reuters ma’lumotlariga köra, Janubiy Koreyada 1,5 mingga yaqin it fermasi va 200 dan ortiq kuşxona faoliyat yuritadi, 2,3 mingga yaqin restoran it göştidan taomlar taklif qiladi. 2024 yil yanvar oyida mamlakat parlamenti itlarni göşti uçun köpaytiriş va söyişni taqiqlovçi qonunni tasdiqlagandi.

Töliq taqiq 2027 yildan amal qila boşlaydi, şundan söng qoidabuzarlar uç yilgaça qamoq jazosi yoki 30 million von(22,8 ming dollar)gaça jarima bilan jazolanadi. Bunda it göştini iste’mol qilişning özi qonun bilan çeklanmaydi.