NATO uçinçi jahon uruşi boşlangan taqdirda yaradorlarni front çiziğidan keng kölamli evakuatsiya qiliş rejasini işlab çiqmoqda. Bu haqda alyansning logistika böyiça qömondonligi boşliği general-leytenant Aleksandr Sollfrank ma’lum qildi.

Sollfrankning sözlariga köra, bu kabi uruş katta ehtimol bilan «keng jang maydoniga» köçadi va NATO uçun jiddiy yöqotişlarga olib keladi. Generalning ta’kidlaşiça, Rossiya Harbiy-kosmik kuçlarining imkoniyatlari kengligi bois yaradorlarni havo orqali evakuatsiya qiliş katta xavf tuğdirişi mumkin, şuning uçun sanitar poyezdlardan foydalaniş yaxşiroq. «Vazifa yaradorlarga eng yomon şaroitda tezkor va sifatli yordam körsatilişini ta’minlaşdan iborat», — deya qöşimça qiladi u.

Sollfrank, şuningdek, NATO tibbiyot qoidalarini birxillaştiriş muhimligini qayd etdi. Yaradorlarga kerak böladigan kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarining erkin harakatlanişini ta’minlaş uçun «Harbiy-tibbiy Şengen»ning yaratilişi şu kabi yeçimlardan biriga aylanişi mumkin.

Daily Mail’ning yozişiça, tibbiy evakuatsiyani rejalaştiriş — NATOning Rossiya bilan ehtimoliy uruşga tayyorgarligining bitta elementi xolos. Çunki 22 yanvardan 31 mayga qadar 1988 yildan beri NATOning eng yirik Steadfast Defender öquvlari ötkazilgan. Unda 90 mingdan ortiq harbiy xizmatçi, 50 dan ziyod kema, 80 dan ortiq samolyot, vertolyot va dronlar, şuningdek, 1,1 ming jangovar maşinalar, jumladan, 133 ta tank iştirok etgan.

Uşbu manyovrlar ehtimoliy Rossiya bosqiniga tayyorgarlik köriş maqsadida ötkazilgan va unda Buyuk Britaniya, Germaniya, Vengriya, Gretsiya, Polşa, Finlandiya, Şvetsiya kabi Yevropa davlatlari iştirok etgan edi. 2024 yil yanvar oyida Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Ğarb davlatlari yaqin 3-5 yil içida Rossiyaga qarşi uruşga faol tayyorgarlik körişi kerakligini aytgan edi.