AQŞning 39-prezidenti Jimmi Karter bugun, 1 oktyabr kuni 100 yoşga töldi — u Amerika rahbarlari orasida bu yoşga yetgan birinçi prezident böldi, deb xabar beradi Associated Press.

Qayd etilişiça, Karter tuğilgan kunini rafiqasi Rozalin bilan birga 1960 yillar boşida qurgan bir qavatli uyida nişonlagan.

Oxirgi 19 yildan beri Karter Jorjiya ştati Pleyns şahridagi xospisda yaşab keladi. Şahar ma’muriyati 1 oktyabr kuni sobiq prezident şarafiga konsert taşkil etişni rejalaştirgan.

«Yer yuzidagi barça insonga ham 100 yoşga töliş nasib etmaydi. Kimdir bu yoşgaça yaşab, ötgan umrini yaxşi insonlarga yaxşilik ulaşişga sarflar ekan — buni nişonlaş kerak», — deydi sobiq prezidentning nabirasi Jyeyson Karter.

Jyeysonning ta’kidlaşiça, uning oilasi Jimmi Karter 100 yoşini nişonlaşini kutmagan.

17 sentabr kuni Atlantadagi «Karter markazi»da sobiq prezident şarafiga turli artistlar, jumladan, 1976 yilda uning saylovoldi kampaniyasida iştirok etganlar iştirokida katta bayram konserti bölib ötgandi. Tadbirda markaz dasturini moliyalaştirişga 1,2 million dollardan ortiq mablağ töplangan.

Jimmi Karterning özi oxirgi marta qariyb bir yil oldin — rafiqasining dafn marosimida ommaga köriniş bergandi. Öşanda u nogironlar aravaçasida harakatlangan. Karterning nabirasiga köra, uning bobosi prezidentlik saylovida öz ovozini demokratlardan nomzodini ilgari surayotgan Kamala Harrisga bermoqçi.

Karter 1976 yilda Demokratik partiyadan prezidentlikka saylangan va 1981 yilga qadar Oq uyni bir muddat boşqargan, u saylovlarda respublikaçi Ronald Reyganga yutqazgan. Iste’foga çiqqanidan keyin Karter sönggi yillarda soğliği yomonlaşgunça gumanitar loyihalar bilan şuğullanişda va dars berişda davom etdi. 2002 yilda u dunyo böylab mojarolarni tinç yöl bilan hal qiliş va inson huquqlari uçun kuraşga qaratilgan sa’y-harakatlari uçun Nobel tinçlik mukofotiga sazovor böldi.