Unda Özbekistonda yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş sohasida hamkorlik qiliş va tarmoqda innovatsion ğoyalarni tatbiq etiş bilan boğliq loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Laslo Nad kompaniya tomonidan köplab yöl-transport hodisalari tahlili qilingan holda, strategik rivojlaniş yönalişlari doimiy ravişda işlab çiqilişini ta’kidladi. Qayd etilişiça, bundan közlangan asosiy maqsad yöl-transport hodisalarining kelib çiqiş sabablarini örganiş va ularning oldini oliş böyiça aniq yeçimlarni topişdan iborat.

Kompaniya uşbu yönalişda özining qator nou-xau takliflarini işlab çiqqan.

Visible Crossing kompaniyasi boş direktori mazkur sohada Özbekistonda loyiha amalga oşirişga iştiyoqi balandligini va bunga investitsiyalarni yönaltirişga tayyorligini bildirdi.

Uçraşuv yakunida Visible Crossing kompaniyasi rahbariyatining Özbekistonga safarini uyuştiriş va yöl harakati xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan istiqbolli loyihalar taqdimotini ötkaziş töğrisida kelişib olindi.