Ijtimoiy tarmoqlarda iste’molçilar bir neça kundan beri Humans Pay faoliyatida nosozliklar kuzatilayotganini yozişyapti. Bu borada Kun.uz'ga ham bir neçta murojaatlar kelib tuşdi.
“Bir haftadan beri Humans ilovasida kartalar işlamayapti. Köpçilik foydalanuvçilarning Visa kartasida pullari muzlab turibdi. Demoqçi bölganim, kompaniya ançadan beri Visa karta bermay qöydi. Avvallari Visa qöşib berişardi. Hozir Özbekiston böyiça Visa yöq ekan. Virtual Visa oçib berişadi, şuni işlatyapmiz. Kompaniya yöq bölib, kartadagi pullarga kuyib qolmaymizmi? Özlariga murojaat qilsak, texnik işlar amalga oşirilmoqda, işlab ketadi deb 1 haftadan beri aytişyapti. Lekin amalda özgariş yöq. Visa bilan keşbek kartada pul körsatyapti. Qolgan kartalarda esa yöq. Tölov amalga oşirib bölmayapti”, – deydi murojaatçilardan biri.

Boşqa bir murojaatçi esa Humans Visa kartalari 10 kundan beri muzlatib qöyilganini aytadi.
“Humans Visa kartalari 10 kundan beri muzlatilgan. Humans kompaniyasi bu böyiça rasmiy xabar bermadi, muammoni bartaraf qiliş böyiça ham çora körmadi, muddatni xam oşkor qilmayapti. Şu böyiça suriştiriş qilib, ma’lumot berişingizni sörayman”, deya yozgan u.
Humans Pay'ga ulangan kartalardan pul öğirlangan
Kun.uz'ga murojaat qilgan jabrlanuvçining sözlariga köra, bir neça daqiqa içida uning kartasida Humans ilovasi orqali umumiy 20 mln söm pul öğirlangan.
“Plastigimga pul tuşirdim, biroz ötib "Sizning qurilmangizga begona odam kirdi" degan SMS keldi. Şundan keyin karta muvaffaqiyatli ulangani haqida xabar keldi. Bu orada 9 mln, 1 mln, 10 mln qilib, umumiy 20 mln söm pulimni yeçib olişdi. Humans koll-markazi bilan boğlangunimça, pul tugadi. Menga 15:25 da pul tuşdi, birdan ilovadan boşqa qurilma kirgani haqida menga SMS kelyapti. Bu orada men tomondan heç qanday harakat amalga oşirilgani yöq. Şundan söng IIBga borib, ariza qoldirdim. Ular kiberxavfsizlik bölimiga arizamni jönatişini aytdi. Humans'ga ham telefon qildim, ular 7 kundan 14 kungaça bölgan muddatda arizamni körib çiqişlarini aytdi. Belgilangan muddat ötgaç, ularga yana telefon qildim, ammo mutaxassislari murojaatim hali körib çiqilmaganini aytdi. Mana, 2 oy böldi, Humans'dan heç qanday javob bölgani yöq. IIBga telefon qilsam, ular ham Humans söralgan ma’lumotlarni hali bermaganini aytişyapti”, deydi murojaatçi.


















