Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida velosiped boshqarib ketayotgan shaxs halok bo‘ldi. Bu haqda respublika IIB YHXB xabar bermoqda

“Mening yurtim” telekanalida berilgan lavhada aytilishicha, hodisa Nukus-Shumanay-Taxtako‘prik avtomobil yo‘lida tunda yuz bergan. 

Velosiped haydovchisi yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotganida “Lasetti” mashinasi uni urib yuborgan. 

Oqibatda velosiped haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida halok bo‘lgan.