Yakka tartibdagi uy-joylar hududida qöşimça köpqavatli turar joy qurilişiga ruxsatnoma berilişi oqibatida aholining murojaati kundan-kunga köpaymoqda. Nizoli masalalar aholi yaşaş uylari bilan oraliq masofa saqlanmasligi oqibatida yuzaga kelayotgani bilan boğliq. Bu haqda Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vaziri vazifasini bajaruvçi Şerzod Hidoyatov raisligida ötgan yiğilişda ma’lum qilindi.
Qayd qilinişiça, şikoyatlar soni Samarqand, Farğona va Toşkent viloyatlarida keskin oşgan.
Şuningdek, tuman (şahar) quriliş bölimlarining obektni ixtisosligini özgartirişga bergan ruxsatnomalari örganilganda köplab qonunbuzarliklar aniqlangan.

Jumladan, 20 ta holatda jami 280 950 kv.m. noturar joy obekti va uning butun egallagan yer uçastkasi hamda quriliş qilinmagan böş yer uçastkalari turar joy sifatida xususiylaştirilgan. 19 ta holatda 235 950 kv.m. turar joy sifatida yaşaşga yaroqsizligiga, ruxsatnoma beriş tegişli talab va şartlariga muvofiq berilmagan. 1 ta holatda 45 000 kv.m. quriliş qilinmagan böş yer uçastkasi yakka tartibdagi uy-joy quriş uçun ixtisosligi özgartirib berilgan.
Şu bilan birga, prezidentning tegişli qaroriga asosan 154 ta şaharsozlik hujjati işlab çiqilişi belgilangan bölsa-da, bugunga qadar 147 tasi bajarilgan xolos. Xususan, Jizzax, Farğona va Urganç şahri boş rejasi haligaça yakunlanmagan.
Bundan taşqari, hududiy «Arxitektura-şaharsozlik» Kengaşiga kiritilgan loyihalarni körib çiqiş va kelişiş muddatlari surunkali ravişda buzilgan. Bu boradagi eng qoniqarsiz ahvol Buxoro, Qaşqadaryo, Jizzax va Toşkent viloyatlari hamda Toşkent şahrida aniqlangan.

















