Qarshi shahridagi tibbiyot muassasasida to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulanib elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. 

“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, Qarshi shahrida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi markazi Qashqadaryo viloyati filialida 4 dona chiller sovitish tizimi (quvvati 612.6 kVt) elektr tarmoqlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan.

Qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasi manfaatiga 2 mlrd 182 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.