O‘zbekiston | 08:30 / 11.10.2024
17192
2 daqiqa o‘qiladi
To‘rt viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
“O‘zgidromet” 11 va 13—14 oktyabr kunlari kutilayotgan noqulay ob-havo sabab, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel xavfi borligini e’lon qildi.
Jumladan:
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Mavzuga oid
20:46 / 07.11.2024
Prezident 10 ta sel suv ombori qurish ishlarini boshlashni buyurdi
09:51 / 06.11.2024
Ispaniyadagi suv toshqini: 89 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanyapti
10:10 / 02.11.2024
Ispaniyada toshqin qurbonlari soni 200 kishidan oshdi
09:10 / 01.11.2024