Boltiqböyi va Şimoliy dengizlarda suv osti infratuzilmasini himoya qiliş uçun Germaniya maxsus kuçlarining GSG-9 dengiz operativ bölinmasi jalb etiladi, deya xabar beradi Germaniyaning ARD telekanali va Der Spiegel haftalik naşri 11 oktyabr, juma kuni xavfsizlik xizmatidagi xabardor manbalarga tayanib.
Jurnalistlarga köra, Boltiq dengizidagi Şlezvig-Golşteyn federal yerida joylaşgan Noyştadt şahriga maxsus kuçlarni joylaştiriş qarorini şaxsan Germaniya içki işlar vaziri Nensi Fezer qabul qilgan. «Uşbu joylaşuv tufayli bölinma dengizlarda ham, Germaniya şimolida ham inqirozli vaziyatlarga tezroq javob bera oladi», deyiladi ARD bayonotida. Kanal manbalariga köra, xavfsizlik çoralarining kuçayişi «Şimoliy oqim» portlaşidan keyin yaqqol közga taşlanib qolgan dengizlardagi infratuzilmaga qarşi sabotaj xavfi bilan boğliq.
Germaniya muntazam ravişda «Rossiya josuslik kemalari» faoliyatini qayd etib boradi, ular «Şimoliy va Boltiq dengizlari tubidagi quvurlar va boşqa suv osti liniyalari xaritasini tuzadi», deya aniqlik kiritdi ARD.
NATO Yevropada yillik yadroviy maşğulotlar boşlanişini e’lon qildi
NATOning öz hududini yadroviy hujumdan himoya qiliş böyiça Steadfast Noon nomli yillik maşğulotlari 14 oktyabrda boşlanadi. Bu haqda 10 oktyabr kuni Londonda NATO boş kotibi Mark Ryutte ma’lum qildi.
Uning ta’kidlaşiça, bu yilgi maşğulotlarga 60 dan ortiq samolyot jalb etiladi. Maşqlar Şimoliy dengiz uzra – Buyuk Britaniya, Belgiya va Niderlandiya havo kengliklarida ötkaziladi.
«Beqaror dunyoda duşmanlar NATO har qanday tahdidga javob berişga tayyor va qodir ekanligini bilişlari uçun mudofaa kuçimizni sinab körişimiz va mustahkamlaşimiz juda muhim», — deya tuşuntirdi Ryutte. Şimoliy Atlantika alyansi ta’kidlaşiça, Steadfast Noon maşqlari Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzkor uruşiga reaksiya emas, deb yozadi dpa agentligi.

















