Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng ko‘p soliq to‘lagan davlat va xususiy kompaniyalar o‘ntaligi ma’lum qilindi
Soliq qo‘mitasi 2024 yilning uch choragi bo‘yicha O‘zbekistonning eng yirik 10 ta davlat va xususiy sektordagi soliq to‘lovchilarini ma’lum qildi. Davlat korxonalari orasida NKMK, OKMK va UzGasTrade, xususiy sektor orasida esa UzBAT, Enter Engineering va Tashkent Tabacco yetakchilik qilyapti.
Soliq qo‘mitasi 2024 yil yanvar-sentabr oylarida eng ko‘p soliq to‘lagan top-10 davlat korxonalari va xususiy kompaniyalar ro‘yxatini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, 2024 yil 9 oyida 949 ta yirik soliq to‘lovchi tomonidan 81,2 trln so‘mdan ortiq soliq tushumlari amalga oshirilgan.
Davlat korxonalari orasida soliq tushumlari miqdori bo‘yicha Navoiy kon metallurgiya kombinati yetakchilik qilmoqda. Hisobot davrida NKMK tomonidan 18,6 trln so‘mdan ko‘proq soliq to‘langan. Keyingi o‘rinlarni Olmaliq kon metallurgiya kombinati (6,3 trln so‘m) va UzGasTrade (3 trln so‘m) egallagan.
Xususiy sektordagi top-10 yirik soliq to‘lovchilar tomonidan uch chorakda qariyb 6,5 trln so‘m soliq to‘langan. Mazkur reytingda “UzBAT” AJ 843 mlrd so‘m soliq tushumlarini amalga oshirgan holda eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan. Undan keyingi o‘rinlarda “Enter Engineering” LTD va (834 mlrd so‘m) va “Tashkent Tabacco” MChJ (686 mlrd so‘m) joylashgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya va AQSh mudofaa vazirlari Ukrainaga qurol yetkazib berish masalasini muhokama qildi
Jahon | 13:43
-
Xitoy O‘zbekistondagi korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilyapti
Iqtisodiyot | 13:39
-
Latviya Rossiyaning biometrik bo‘lmagan xorijga chiqish pasportlarini tan olmaydi
Jahon | 13:39
-
Turkiyadagi fermer xo‘jaliklari O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb qiladi
O‘zbekiston | 13:09
Mavzuga oid

07:40 / 02.12.2024
Savdo korxonalari 10 oyda qancha soliq to‘lagani aytildi

23:10 / 22.11.2024
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi

12:27 / 22.11.2024
Bir qator yirik soliq to‘lovchilarning davlat budjetidagi ulushi qisqaradi

23:36 / 20.11.2024