Kuni keça Kun.uz Yunusobod tumani “Turkiston” MFYdagi binoning ortida barpo qilingan 800 tup mevali va manzarali daraxtga ega boğ yöq qilingani haqida suriştiruvini e’lon qilgandi.

Holat yuzasidan Boş prokuratura rasmiy munosabat bildirdi. Unga köra, hozirda Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlaş maqsadida tegişli ekspertizalar tayinlangan.

“Holat Boş prokuratura tomonidan nazoratga olingan va tekşiruv natijalari böyiça qöşimça ma’lumot beriladi”, – deyiladi rasmiy izohda.

Ma’lumot uçun, tahririyatning Ekologiya vazirligiga yuborgan sörovidan söng vazirlikning Toşkent şahar boşqarmasi inspektorlari tomonidan holat örganilgan va dalolatnoma rasmiylaştirilgan.

Unga köra, “Active Asia Gold” tomonidan ekilgan 400 tup olma, 60 tup anor, 190 tup pavloniya, 40 tup katalpa, 30 tup olça, 50 tup gilos, 15 tup behi, 15 tup yonğoq köçatlari yaşil makon platformasiga kiritilgan.

Joydagi quriliş işlari jarayonida uşbu 800 ta köçat ildiz qismi bilan yöq qilingani, bu bilan esa tabiatga 943 mln 125 ming söm miqdorida zarar yetkazilgani aniqlangandi.