Prezident OKMKning muhandislik maktabi va 3-misni boyitiş fabrikasini közdan keçirdi
|22:08 / 15.10.202411 9398 min
Şavkat Mirziyoyev Olmaliq şahrida bölib, OKMKning muhandislik maktabi bilan tanişdi, “Yoşlik-1” koni ma’danlaridan yuqori qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş uçun möljallangan 3-mis boyitiş fabrikasi (4,6 mlrd dollarlik loyiha) qurilişini közdan keçirdi.
Prezident mis fabrikasi qurilişida / Foto: Prezident matbuot xizmatiPrezident mis fabrikasi qurilişida / Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Şavkat Mirziyoyev 15 oktyabr kuni Toşkent viloyatining Olmaliq şahriga taşrif buyurdi.
Bu şaharning asosi va drayveri – Olmaliq kon-metallurgiya kombinati. Iqtisodiyot, iş örinlari, uy-joylar, madaniyat va ta’lim maskanlari uşbu majmua negizida şakllangan.
Şaharda Toşkent davlat texnika universitetining hamda Moskva pölat va qotişmalar instituti filiallari oçilgan. Yaqinda bularga qöşimça Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Muhandislik maktabi taşkil etildi.
Prezident avvalo mazkur maktab faoliyati bilan tanişdi. Bu yerda Germaniya tajribasi asosida yiliga 480 nafar muhandis tayyorlanadi, ming nafar xodimning malakasi oşiriladi. Dars jarayonlari yönaliş va mavzulardan kelib çiqib, xorijlik professor-öqituvçilar iştirokida olib boriladi.
Öquv dasturi Germaniyaning Frayberg konçilik akademiyasi, “GP Günter Papenburg AG” va “Aurubis AG” kompaniyalarining ilğor ta’lim metodologiyalari asosida işlab çiqilgan. Maktab şunga muvofiq, mexanika, metallurgiya, işlab çiqarişni avtomatlaştiriş, foydali qazilmalarni boyitiş, energetika yönalişlari böyiça zamonaviy öquv-amaliyot uskunalari bilan jihozlangan.
Davlat rahbari mazkur xonalarda bölib, iş örganayotgan yoşlar bilan suhbatlaşdi. “Zamon özgarayapti, har bir sohaga innovatsiyalar kirib kelayapti. Şunga munosib malakali kadr böliş uçun doim öz ustingizda işlaşingiz kerak. Kombinat taqdiri raqamlaştirişda. Har bir bölimni, işlab çiqarişning har bir bosqiçini raqamlaştiriş zarur”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitiş fabrikasi qurilmoqda. Kelgusida unda işlaydigan mutaxassislar hozirdan tayyorlanmoqda.
Qisqa vaqtda bu yerda 100 dan ortiq yoşlar öqib, tarmoq korxonalariga işga joylaşgan. Prezident maktabning samaradorligini yanada oşiriş zarurligini ta’kidladi. Buning uçun öquvlar muntazam taşkil etilişi, eng muhimi, amaliyot bilan çambarças boğliq bölişi kerak.
Mavzuga oid
Şu yil 20 iyun kuni muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlaş va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillaştiriş masalalari yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötgan edi. Unda birinçi bosqiçda 10 ta oliy muhandislik maktabi taşkil etilişi belgilangandi. Bugungi kunda şunday maktablar taşkil etilmoqda. “Tarmoq – korxona – oliygoh” zanjirini mustahkamlaş maqsadida har birining sanoat hamkori belgilanadi.
Muhandislik maktablari oliy ta’lim muassasalari tarkibida yetakçi yönalişlar böyiça taşkil etiladi. Ularda matematika, fizika, kimyo, muhandislik grafikasi, informatika va xorijiy tillar böyiça çuqur bilim beriladi. Bakalavriat va magistratura 4+1 şaklida yölga qöyiladi. Talabalar 2-kursdan ixtisosliklar böyiça saralab olinib, sanoat hamkorlari uçun maqsadli kadrlar tayyorlanadi.
Mazkur maktablarning professor-öqituvçilari “El-yurt umidi” jamğarmasi, tegişli hamkor va universitet mablağlari hisobidan yetakçi xorijiy muassasalarga malaka oşirişga yuboriladi. Sanoat hamkorlari soha taraqqiyotidan kelib çiqib, zamonaviy laboratoriyalar taşkil etadi.
Şavkat Mirziyoyev Olmaliqdagi “Yoşlik-1” koni hamda uning negizida qurilayotgan 3-mis boyitiş fabrikasini ham közdan keçirdi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rangli, nodir va qimmatbaho metallar qazib çiqarişda yetakçi. Mamlakatimiz yalpi sanoat mahsulotining 5 foizi, sanoat mahsulotlari eksportining 6 foizi uning hissasiga töğri keladi. Kombinat tizimida 35 mingga yaqin kişi işlaydi.
Ötgan yili 148 ming tonna mis, 17 tonnadan ziyod oltin, 162 tonna kumuş işlab çiqarilgan. 1 milliard 100 million dollar investitsiya özlaştirilib, 662 million dollarlik mahsulot eksport qilingan.
Keyingi yillarda geologik qidiruvlar va investitsiyalar miqdori oşgani natijasida işlab çiqarişning yangi imkoniyatlari topilmoqda. Şulardan biri – “Yoşlik-1” koni. Bu yerda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 martdagi qaroriga muvofiq istiqbolli investitsiyaviy loyiha amalga oşirilmoqda.
Kon hududi 11 ming gektar. Zaxirasi ham salmoqli – yiliga 65 million tonna ma’dan. Bu konda oltin, mis, kumuş, molibden, selen kabi 13 turdagi qimmatli va nodir metallar bor.
Davlat rahbari mazkur konda bölib, qaziş işlarini közdan keçirdi, mutaxassislar bilan muloqot qildi.
“Yoşlik-1” koni ma’danlaridan yuqori qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş uçun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 3-mis boyitiş fabrikasi barpo etilmoqda. Uning qurilişiga 2021 yil 29 iyulda tamal toşi qöyilgan edi.
Bu yirik loyihaning qiymati 4,6 milliard dollar bölib, konni qaziş, fabrika va uning infratuzilmasini qurişni öz içiga oladi. Hozirgi kunda 200 million kub metr kon yuzasi oçilgan, 41 kilometr temir yöl yotqizilgan, 650 megavattli podstansiya qöyilgan. AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, Xitoy, Rossiya va boşqa Yevropa davlatlaridan uskunalar keltirilgan. Fabrika va boşqa infratuzilmalar qurilişi jadal ketmoqda.
Şavkat Mirziyoyevga bölajak zavodning iqtisodiy samaradorligi, unda qöllaniladigan ilğor texnologiyalar, iş jarayonidagi qulayliklar haqida axborot berildi.
Mazkur fabrika birinçi bosqiçda yiliga 60 million tonna rudani qayta işlaş quvvatiga ega böladi. Bu orqali yilliga 917 ming tonna mis va 2,5 ming tonna molibden konsentratlari işlab çiqariladi. 5 ming 600 kişining bandligi ta’minlanadi.
Bu yirik loyiha turdoş sanoat tarmoqlarining rivojlanişiga ham turtki berdi. Masalan, fabrika qurilişiga metall konstruksiyalar yetkazib beriş uçun 6 ta zavod işga tuşirildi. Muhandislik, dasturiy ta’minot va kasb-hunar ta’limi yangi darajaga çiqmoqda. Yangi turar joylar va xizmatlarga talab paydo bölmoqda.
Fabrikada logistika jarayoni ham qulaylaştiriladi. Fabrikaning barça korpuslari orasida konveyerlar böladi. Bu yuk ortiş va taşişni bartaraf etib, xarajatlarni qisqartiradi.
Ikkinçi bosqiçda quvvat 160 million tonnaga yetadi yoki bugungi körsatkiçdan 3 barobarga köpayadi. Uşbu ikki bosqiç amalga oşirilişi natijasida korxona 2028 yilga borib yiliga 400 ming tonna mis, 50 tonna oltin va 270 tonna kumuş işlab çiqariş quvvatiga ega böladi. Şu tariqa Olmaliq kombinati toğ-kon metallurgiyasi sohasida dunyodagi eng yirik sanoat majmualaridan biriga aylanadi.
Xalqaro baholaş mezonlariga köra, Olmaliqda misning yalpi zaxirasi 45 million tonnani, oltin zaxirasi esa 5 ming tonnadan ziyodni taşkil etişi aniqlangan. Bu dunyo miqyosida ham eng yirik va noyob körsatkiçlardir.
Yana bir muhim tomoni, bugun dunyoda “yaşil iqtisodiyot”, elektr texnikasi, elektromobillar sanoati jadal rivojlanmoqda. Buning natijasida 2030 yilga borib mis mahsulotlariga bölgan ehtiyoj 40 foizga ortişi kutilmoqda.
Ya’ni, Olmaliq kombinati mahsulotlariga uzoq yillar davomida xalqaro darajada böladi. Kelgusida kombinat işlab çiqaradigan mahsulotlar hajmi 3 martadan ziyod köpayib, uning qiymati qariyb 8 milliard dollarga yetadi. 11 mingta yangi, yuqori texnologik iş örinlari yaratiladi.
Davlat rahbari “Enter Steel” mexanika ta’mirlaş korxonasi ustaxonalarida ham bölib, yangi uskunalar va iş jarayoni bilan tanişdi.
Keça, 14 oktyabr kuni Olmaliqda 1 mlrd dollarlik sanoat texnoparki qurilişiga start berilgandi.