Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida umumiy qiymati 2 milliard dollarlik 9 ta loyihaning qurilishi va faoliyatiga start berdi. Marosim Yangiyo‘l tumanida bo‘lib o‘tdi.

Yirik loyihalardan biri – Olmaliq shahrida 1 milliard dollar investitsiya hisobidan 227 gektar maydonda quriladigan “Buyuk ipak yo‘li” maxsus sanoat texnoparki. U yerda elektrotexnika, to‘qimachilik, qurilish materiallari, farmatsevtika kabi yo‘nalishlarda 100 ga yaqin korxona joylashtiriladi. 3 mingta yangi ish o‘rni yaratilib, yiliga 5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi va 300 million dollarlik eksport imkoniyati paydo bo‘ladi.

Yuqori Chirchiq tumanida 350 million dollar evaziga 69 gektar maydonda to‘qimachilik sanoat parki tashkil etiladi. Bu majmuada 20 dan ortiq ip-kalava, mato to‘qish va bo‘yash, tayyor tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari joylashtiriladi.

Yangiyo‘l tumanida yiliga 50 ming tonna mineral o‘g‘it va kimyoviy vositalar, Qibrayda yuqori sifatli eksportbop oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash korxonalari ishga tushirilmoqda.

Toshkent viloyati energetika sohasida ham katta salohiyatga ega bo‘lib, bu yerda 5,7 gigavattli quvvatlar mavjud. Bu miqdorni oshirish maqsadida 1,5 milliard dollarlik 800 megavattdan ortiq 6 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Yashil energetikani rivojlantirish bilan birga, energetika tizimi barqarorligini saqlash bo‘yicha uchun 2030 yilgacha umumiy quvvati 4 ming 100 megavattli elektr energiyasini saqlash tizimlarini barpo etish rejalashtirilgan. Xitoyning yetakchi kompaniyalari ishtirokida barpo etiladigan 3 ta loyiha bunda muhim o‘rin tutadi. Avvalo, “Chayna Datang” kompaniyasi bilan Bo‘ka tumanida qiymati 240 mln dollarlik quyosh elektr stansiyasi barpo etiladi. Bu stansiyada yiliga 576 million kilovatt soat yoki 240 ming xonadon uchun yetarli elektr energiyasi olinadi. Natijada viloyatda generatsiya quvvatlari 6,5 gigavattga, elektr energiyasi ishlab chiqarish yiliga 24 milliard kilovatt-soatga yetkaziladi.

Yana ikkita loyiha – “China Energy Overseas Investment” kompaniyasi bilan hamkorlikda