Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols: Umid qilamanki, barcha Bolqon davlatlari 2034 yilgacha YeIga kiradi
Albaniya, Bosniya va Hersegovina, Kosovo, Shimoliy Makedoniya, Serbiya va Chernogoriya yaqin 10 yil ichida Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi mumkin, dedi Olaf Shols. Germaniya kansleri G‘arbiy Bolqonda umumiy bozor yaratilishini olqishladi.
Olaf Shols 2034 yilgacha Albaniya, Bosniya va Hersegovina, Kosovo, Shimoliy Makedoniya, Serbiya va Chernogoriya Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga umid qilmoqda. Germaniya kansleri 14 oktyabr, dushanba kuni Berlinda G‘arbiy Bolqon mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda: «O‘n yildan kamroq vaqt ichida bu olti davlat nihoyat Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘ladi», dedi.
Shuningdek, u G‘arbiy Bolqon mamlakatlari o‘rtasida umumiy bozor yaratish rejasi ishlab chiqilishini olqishladi. Shols mintaqadagi ko‘plab mamlakatlar bir-biridan ko‘ra Germaniya bilan ko‘proq savdo qilishini «biroz salbiy holat» deb atadi. Germaniya kansleri G‘arbiy Bolqon davlatlarini o‘zaro savdo cheklovlarini bosqichma-bosqich olib tashlashga chaqirdi.
U, ayniqsa, Kosovo hukumati ushbu reja doirasida Serbiya bilan chegara punktlaridan birini savdo uchun ochishini ta’kidladi. Germaniya kansleri Yevropa integratsiyasini davom ettirish maqsadida Belgrad va Prishtina o‘zaro kelishmovchiliklarni bartaraf etishi kerakligini ta’kidladi. Serbiya hukumati Kosovoning 2008 yilda e’lon qilingan mustaqilligini hanuzgacha tan olmayapti.
Mavzuga oid
14:47 / 22.11.2025
Olaf Shols «Shimoliy oqim–2» bo‘yicha ko‘rsatma berdi
08:42 / 26.03.2025
Shols hukumati rasman iste’foga chiqdi
10:21 / 19.03.2025
Shols va Makron Ukrainaga keyingi harbiy yordamni va’da qilmoqda
09:10 / 13.03.2025