Bangladeş xalqaro jinoiy tribunali mamlakat sobiq boş vaziri Şayx Hasinani hibsga olişga order berdi, deb yozadi BBC. U avgust oyidagi ommaviy norozilik namoyişlari tufayli Hindistonga qoçib ketgandi.

Bangladeşni 20 yildan ortiq boşqargan sobiq boş vazir yuzlab odamlar halok bölgan namoyişlar çoğida «insoniyatga qarşi jinoyatlar»ga aloqadorlikda ayblanib, tribunal tomonidan qidirilmoqda.

Hibsga oliş orderi, şuningdek, hukumatning mamlakatdan qoçib ketgan qator sobiq vazirlariga ham berilgan.

Iyul oyidan Bangladeşni ommaviy namoyişlar qamrab olgandi: talabalar davlat sektoridagi iş örinlarining uçdan bir qismi 1971 yildan Pokistondan mustaqillikka erişiş uçun bölgan uruş faxriylarining qarindoşlari uçun zaxira qilinişini közda tutuvçi kvotalar tizimini özgartirişni talab qilib köçalarga çiqqan.

2018 yilda boş vazir Şayx Hasina hukumati tomonidan bekor qilingan kvotalar tizimi iyun oyida quyi instansiya sudi tomonidan yana tiklangan va bu jiddiy noroziliklarga sabab bölgandi. Talabalar bu tartibni diskriminatsiya deb atagan va işga qabul har bir alohida nomzodning malakasiga asoslanişini talab qilgan.

Avvaliga faqat talabalar iştirok etgan namoyişlar butun mamlakat böylab yoyilib ketdi. Bangladeş Soğliqni saqlaş vazirligiga köra, norozilik namoyişlarida 1000 dan ortiq inson halok bölgan.

77 yoşli Hasina qoçib ketganidan beri ommaga köriniş bermadi. Uni oxirgi marotaba Hindiston poytaxti yaqinidagi aviabazada körişgan — sobiq boş vazir u yerda vertolyotda yetib borgan. Hasina avvaliga tez orada Hindistonni tark etişi kutilgandi, ammo u mamlakatdan boşpana olişga muvaffaq bölgan.

Bangladeşning yangi hukumati Hasinaning diplomatik pasportini bekor qilgan. Şuningdek, Bangladeş va Hindiston örtasidan ekstraditsiya böyiça ikki tomonlama bitim bor. Ammo vaziyat «siyosiy xarakterga» ega bölsa, bu boradagi sörov rad etilişi mumkin.