Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvayt O‘zbekistonda kimyo sanoatida qo‘shma loyihalarga qiziqish bildiryapti
Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, "O‘zkimyosanoat" kompaniyasi vakillari hamda Kuvaytning EPSCO kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Alaa Hasan o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida investitsiyalar almashuvini faollashtirish, EPSCO kompaniyasining qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Kuvayt tomoni uchun O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati haqida taqdimot o‘tkazildi.
EPSCO kompaniyasi rahbariyati tibbiy sanoat uchun etanol, sanitariya va dezinfeksiya mahsulotlari ishlab chiqarish hamda kimyo sanoatida hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi.
Muzokaralar yakunida taklif etilgan loyihalar bilan bevosita tanish maqsadida kompaniya delegatsiyasining O‘zbekistonga ishchi safarini tashkil etish kelishib olindi.
Mavzuga oid
08:51
Kuvaytda Eron hujumi oqibatida 1 kishi vafot etdi, o‘nlab insonlar jarohatlangan
12:06 / 03.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi davom etmoqda
13:52 / 02.06.2026
«Navoiyazot» huzurida 1 mlrd dollarlik yangi kimyo loyihalari amalga oshiriladi
09:38 / 07.04.2026