Turkiston sözi ilk marta VI-VII asrlardagi yozma manbalarda uçraydi, keyingi davrlarda ham bu atama keng qöllangan, jadidlar ham bejiz bu nomga murojaat qilişmagan, deydi turkolog Jöliboy Eltazarov. Mustafo Kamol universitetidan Nazrin Alizodaning sözlariga köra, turk darsliklarida Markaziy Osiyo atamasining Turkistonga almaştirilişi yangi mintaqaviy kuçlar nisbatini yaratişga intilişdan darak beradi.

Turkiyadagi tarix darsliklarida “Markaziy Osiyo” atamasi “Turkiston” bilan almaştirilyapti. Turk rasmiylariga köra, bu qaror yoş avlodda milliy özlik va vatanparvarlik tuyğularini kamol toptirişga qaratilgan. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan ham özgartirişlarni qöllab-quvvatlagan.

Turkiy dunyoning ikki eng yirik mamlakati – Turkiya va Özbekiston aloqalari iliqlaşa boşlagan 2016-2017 yillardan boşlab, turkiy özlik asosidagi hamkorlikka intilişlar ança jonlandi. 90-yillar boşida tamal toşi qöyilgan Turkiy kengaş 2018 yilda Özbekiston a’zo bölişi bilan Turkiy davlatlar taşkilotiga aylantirildi.

Samarqand davlat universiteti professori, turkolog olim Jöliboy Eltazarovning sözlariga köra, qadimgi söğd manbalari, “Devoni luğotit turk” asari va keyinçalik Navoiy asarlarida ham Turkiston atamasi uçraydi.

“Bu – biz uçun tarixiy vatan nomidir. Buni unuttiriş uçun mintaqa alohida 5 ta millat va mamlakatga ajratilgan. Ammo xalqlar bir nom ostida birlaşgan davrini unutmagan. Hatto jadidlar ham şu nom ostida birlaşiş uçun kuraşgan. Mana, bugunga kelib jadidlarning asarlarini kengroq örganmoqdamiz, bunga yana bir karra amin bölmoqdamiz”, deydi u.

Mustafo Kamol universiteti xalqaro aloqalar bölimi öqituvçisi Nazrin Alizoda uzoq vaqt davomida qöllangan Örta Osiyo atamasi (keyinçalik Markaziy Osiyoga almaştirilgan) Rossiya imperiyasi tomonidan joriy etilganini urğulaydi.

“Darsliklarda “Örta Osiyo” atamasi “Turkiston”ga almaştirilişi borasida har xil fikrlar aytilyapti, ayrimlar hatto Turkiyani turk dunyosiga da’vogar davlat deb ham ta’riflamoqda. Tarixiy manbalarga murojat qilsak, bu hudud Turkiston nomi bilan atab kelinganiga guvoh bölamiz. Rossiya istilosi bilan parallel ravişda XIX asrga kelib bu hudud Örta Osiyo deb atalganini kuzatiş mumkin. Geografik jihatdan juda katta bu hudud ruslar istilosidan keyin parçalanib ketgan. Rossiya imperiyasi Turkistonni XIX asrda töliq bosib olgan, Ignatev boşçiligidagi jamoa mintaqada ruslaştiriş siyosatini olib borgan. Çunki bu hudud yerosti va yerusti boyliklariga boy edi. Rossiyaning Yevropa banklaridan olgan qarzlarini qoplaş uçun ham Markaziy Osiyo voz keçib bölmaydigan bir öljadek edi”, deydi Nazrin Alizoda.