Namangan viloyati Çortoq tumanida savdo dökoni va undagi tovarlar yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, hodisa bugun 2024 yil 19 oktyabr kuni tongda sodir bölgan. Soat 04:50 da FVBga Çortoq tuman “Dildoş” MFYda joylaşgan savdo dökonlarining birida yonğin sodir bölgani töğrisida xabar kelib tuşgan.
Şunga köra, yonğin qutqaruv ekipajlari soat 04:56 da voqea joyiga yetib borib, soat 06:10 da yonğin töliq bartaraf etilgan.
Yonğin oqibatida dökonning şift va tom qismidan 210 metr kvadrat joyi hamda moddiy-tovarlari yonib zararlangan.
Hodisada heç kim tan jarohati olmagan va halok bölmagan. Hozirda yonğin sabablari va aybdor aniqlanmoqda.

















