Ilk antibiotikni 1928 yil Aleksandr Flem kaşf qilgan va uni qöllaş ötgan asrning 30-yillaridan boşlangan. Şundan beri qariyb 1 asr ötdi va oldin kaşf qilingan antibiotiklarning ta’siri bölmay qoldi. Endi insoniyat yangi dorilarni işlab çiqiş muammosi qarşisida turibdi. Bakteriyalarning antibiotikka çidamliligi (BAÇ) – antimicrobial resistance (ARM) global soğliq, oziq-ovqat xavfsizligi va rivojlanişga eng katta tahdidlardan biri sifatida körilyapti.

Antibiotikka çidamlilik nima degani?

Antibiotikka çidamlilik – bakteriya, zamburuğ, parazit kabilarga antibiotik dorilarining ta’sir qilmay qöyişi. Natijada infeksiyalar tez tarqaladi va ularni davolaş ança qiyinlaşib qoladi.

2019 yilda kasalliklar köp tarqaladigan mamlakatlarda ölim körsatkiçlari antibiotikka qarşi çidamlilik bilan boğliq bölgan. BAÇ hamma mamlakatlardagi soğliqni saqlaş sohasiga ta’sir qiladi. Faqat uning ta’sir darajasi qayerdadir köp bölsa, boşqa bir yerda kamroq. Eng oğir vaziyat Afrikada kuzatiladi. Ayniqsa “superbag” deb ataladigan bakteriyaning ba’zi turlari rivojlanib, davolanişning bir neçta bosqiçiga ham çidamli bölib qolgan.

BAÇ böyiça yuqori darajadagi aniq ma’lumotlar yöq. Lekin şunga qaramay, tadqiqotçilar infeksiyali kasalliklar past daromadli davlatlarda köp uçraşini aytadi.

BAÇ qanday muammoga sabab böladi?

BAÇ 2019 yilda dunyo böylab töğridan töğri 1,27 million odamning ölimiga sababçi bölgan va yana 4,95 million ölimga turli darajada boğliq ekani aniqlangan. Jahon banki hisob-kitoblariga köra, BAÇ 2050 yilga borib soğliqni saqlaş sohasini 1 trillion dollar qöşimça xarajatlarga olib borişi mumkin. 2030 yilga borib yiliga 1-3,4 trillion dollargaça yalpi içki mahsulotda yöqotişlarga sabab bölişi mumkin. Bundan taşqari, qöşimça 24 million odamni oğir qaşşoqlikka yetaklaşi mumkin. Prognozlarga köra, BAÇning OIV va OITS yoki malariadan köra köproq ölimga sabab bölişi va bu 2050 yilgaça har yili 10 million odamni hayotdan olib ketişi