Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda "Yevropa iqtisodiy kunlari" bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston diplomatlari Varshava shahrida "Polsha-Osiyo" savdo palatasi tomonidan tashkil etilgan "Yevropa va Osiyoda transport, ekspeditsiya, logistika" mavzusidagi xalqaro kongressda ishtirok etdi.
Tadbirda Polsha infratuzilma vaziri o‘rinbosari Stanislav Bukovets, Jamg‘arma va mintaqaviy siyosat vaziri o‘rinbosari Konrad Voynarovskiy, Temiryo‘l transporti boshqarmasi rahbariyati, xorijiy diplomatik korpus hamda biznes va OAV vakillari qatnashdi.
O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati, istiqbollari va ushbu sohadagi imkoniyatlar alohida ta’kidlandi. Ikki davlatning iqtisodiy munosabatlarini yanada mustahkamlash, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.
Joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan "Yevropa iqtisodiy kunlari" va O‘zbekiston-Polsha iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi doirasida o‘tkaziladigan biznes-forumda polyak kompaniyalari faol ishtirok etishga taklif etildi.
Mavzuga oid
14:07
Yevropada AQShga ishonch tarixiy minimumga tushdi
10:08
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:17 / 10.06.2026
Yevropa robotaksi sinovlarini tezlashtirishga qaror qildi
08:44 / 08.06.2026