Samarqand viloyatining Qöşrabot tumanida sodir bölgan portlaş yuzasidan tuman gaz ta’minoti bölimi mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 207 (Mansabga sovuqqonlik bilan qaraş) va 259-moddasi (Yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilişiça, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Qöşrabot tumani Mustaqillik mahallasida, ikki qavatli uyning 2-qavatidagi xonadonlardan birida portlaş sodir bölgani xabar qilingandi.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, bunga xonadonda gaz töplanib qolgani sabab bölgan. Hodisa oqibatida bir oilaning 4 a’zosi – er-xotin va ularning ikki farzandi vafot etgan.

















