Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxtda O‘zLiDePning ommaviy tadbiri bo‘lib o‘tdi
24 oktyabr kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining navbatdagi ommaviy tadbiri poytaxtda tashkil etildi.
Partiya yalpi ichki mahsulot hajmini 2030 yilga borib 160 milliard dollarga, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni esa 4 ming dollarga yetkazish uchun kurash olib boradi. O‘zLiDeP, shuningdek, O‘zbekistonni tadbirkorlar mamlakatiga aylantirish va ishbilarmonlar sonini 3 millionga oshirishni maqsad qilgan.


Tadbirda partiyaning ilm ahli va ijodkor ziyolilarga doimiy e’tibor berish, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, madaniyat, sport va ijodiy muassasalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan choralar haqida ma’lumot berildi. Kelgusi besh yilda 15 milliard dollar mablag‘ yo‘naltirilib, 1 million xonadonli uy-joylar qurilishi rejalashtirilmoqda.



Yoshlar uchun manfaatli ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish, davlat tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan stajirovka tizimini rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, yoshlarga imtiyozli ipoteka kreditlari berish, xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar ham ko‘rib chiqildi.


Tadbir davomida “Musaffo havo – 2030” milliy dasturi, ekologik toza transportlar uchun infratuzilmani rivojlantirish va jamoat transportidagi standartlarni yaxshilash bo‘yicha takliflar e’lon qilindi.


Tadbir so‘ngida ishtirokchilar O‘zLiDePni qo‘llab-quvvatlab ovoz berishga chaqirildi.
Mavzuga oid
14:00 / 26.06.2026
«Har uch so‘mning biri nazoratdan tashqarida qolyapti» – O‘zLiDePda yashirin iqtisodiyot masalasi muhokama qilindi
17:23 / 12.05.2026
Quyosh paneli o‘rnatgan korxonalardan elektrning xarid narxi pasaytirilishi mumkin
17:55 / 17.04.2026
O‘zLiDeP: "Xalq bilan birga” dasturi doirasida 534 ta muammo o‘rganilib, 421 ta yechim berildi
17:20 / 13.01.2026