Isroil mudofaa kuçlari (TSAHAL) 26 oktyabr, şanbaga ötar keçasi Erondagi harbiy obektlarga hujum uyuştirilgani haqida e’lon qildi.
«Eron rejimining Isroil davlatiga bir neça oydan beri davom etayotgan hujumlariga javoban Isroil mudofaa kuçlari hozirda Erondagi harbiy obektlarga zarbalar bermoqda», — deyiladi TSAHAL bayonotida.
NBC News xabariga köra, Isroil nişonlari orasida Tehrondagi kazarma va qurol ombori bölgan. Fars agentligi, öz navbatida, havo zarbalari nişoni Tehron janubi va janubi-ğarbidagi harbiy bazalar bölganini xabar qildi.
Eron davlat matbuoti hujum paytida Tehrondagi ikkala aeroport ham «normal rejimda» işlaganini xabar qildi. Biroq keyinroq rasmiylar havo hududini butunlay yopdi. Irna davlat axborot agentligining favqulodda xizmatlardagi manbalariga tayanib xabar berişiça, Tehronda qurbonlar qayd etilmagan, poytaxtda internet uzilib qolgan. Iroq ustidagi havo hududi ham butunlay yopilgan.
Kamida yettita portlaş ovozini Tehron va poytaxtning şimoliy çekkasidagi Karaj aholisi eşitgan. Portlaşlar manbasi noma’lum, ammo Eron davlat televideniyesi bu havo hujumidan mudofaa işi bölişi mumkinligi haqidagi versiyani tilga oldi.
Keyinroq agentliklar mahalliy OAVga tayanib, Eron poytaxti markazida kuçli portlaş va «uzoq davom etgan şovqin», şuningdek, havo hujumidan mudofaa tizimi işi haqida xabar berişdi. Amerikaning ABC News telekanaliga köra, Isroil armiyasining Erondagi nişonlarga zarbalari davom etmoqda.
Islom Respublikasi rasmiylari xabar çop etilgan paytdagi vaziyatga izoh bermadi.
Yaponiya TIV rahbari Eronni vazminlikka çaqirdi
Yaponiya hukumati Eronni Yaqin Şarqdagi keskinlikning yanada kuçayişiga yöl qöymaslik uçun vazminlikka çaqirdi.
Yaponiya taşqi işlar vaziri Takeşi Ivaya eronlik hamkasbi Abbos Araqçi bilan telefon orqali muloqot qildi.
Yaponiya TIV matbuot xizmatining ta’kidlaşiça, 40 daqiqalik suhbat davomida Ivaya öz mamlakatining Yaqin Şarqdagi keskinlikning kuçayişi, xususan, Eronning Isroilga sönggi hujumi munosabati bilan «jiddiy xavotirlari»ni bildirgan.
Ivaya barça tomonlarni, şu jumladan Eronni yanada keskinlaşuvning oldini oliş uçun vazminlikka çaqirdi, şuningdek, mintaqada keskinlik kuçaygan taqdirda Yaponiya fuqarolarining xavfsizligini ta’minlaşda Eronni qöllab-quvvatlaşga çaqirdi.


















