Boş prokuraturaning ma’lum qilişiça, 26 oktyabr kuni soat 01:40 larda fuqaro S.S.ning boşqaruvidagi “Range Rover” rusumli avtomaşina Qibray tumani, Ifor köçasi böylab harakatlangan vaqtida 2 nafar noma’lum şaxslar mazkur avtomaşinaga öqotar qurolidan bir neça marotaba öq uzib, noma’lum tomonga yaşirinişgan.
Uşbu holatda biror-bir şaxs tan jarohati olmagan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi (Qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş) bilan jinoyat işi qözğatildi.
Gumon qilinuvçi şaxslarni aniqlaş va uşlaş yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oşirilmoqda.
Hozirda tegişli idoralarning malakali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, 26 oktyabr tunda Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga qurolli hujum uyuştirilgan.
Kun.uz manbasiga köra, suiqasd tungi soat 1:30 lar atrofida Komil Allamjonovning Qibray tumanidagi uyi yaqinida sodir bölgan. Ikki noma’lum şaxs u ötirgan maşinaga bir neça bor öq uzib, hodisa joyidan yaşiringan. Allamjonovga zarar yetmagan.

















