Rossiya neftini taşiş uçun «soyadagi flot» kamida 192 ta eskirgan tankerni öz içiga oladi. Bu haqda Greenpeace ("Grinpis") xalqaro nodavlat ekologik taşkilotining 25 oktyabr, juma kuni çop etilgan tadqiqotida aytiladi.
Sönggi ikki yil içida ulardan 171 tasi Boltiq dengizidagi nemis akvatoriyasi va Meklenburg buxtasining bir qismi orqali bir yoki bir neça marta ötgan.
Politico: RFning «soyadagi floti» butun dunyo böylab neftni tökmoqda
Rossiyaning «soyadagi floti» deb ataladigan tankerlari 2021 yildan buyon kamida töqqizta neft va neft mahsulotlarining tökilişiga sabab bölib, butun dunyo böylab suv sathlarida keng neft doğlarini qoldirdi. Bu haqda Politico 17 oktyabr kuni SourceMaterial jurnalistlar notijorat guruhi bilan hamkorlikda ötkazgan suriştiruvida yozdi. Materialda ta’kidlanişiça, tayyorgarlik jarayonida sun’iy yöldoş tasvirlari va Lloydʼs List tahliliy kompaniyasi hamda Kpler tovar platformasidan yuk taşiş haqidagi ma’lumotlar örganilgan.
«Politico va SourceMaterial Tailanddan tortib Vetnam, Italiya va Meksikagaça bölgan hamma joyda »soyadagi flot» bilan boğliq bölgan çiqindilarni topdi. Tankerlar Qizil dengiz va Panama kanali kabi band bölgan yuk taşiş yölaklaridan ötgan, bu har qanday jiddiy avariya xalqaro savdo yöllarini buzişi mumkinligini anglatadi», deb yozadi jurnalistlar va bu muammo Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga keng kölamli harbiy bostirib kirişi hamda Rossiyaga qarşi sanksiyalar kiritilganidan keyin ança oğirlaşganini ta’kidlaydi.

















