23 oktyabr kuni Toşkent mintaqasi temiryölining Nurhayot — Salar bekatlari oraliğida poyezd voyaga yetmagan fuqaroni urib ketdi. Bu haqda Gazeta.uz ma’lum qildi.
Soat 17:52 da şahar IIBBga temiryölning 7-tösiğida poyezd noma’lum şaxsni urib yuborgani haqida xabar kelib tuşgan. Aniqlanişiça, Toşkent — Xöjakent yönalişidagi yölovçi poyezdi belgilangan ötiş joyidan velosipedda ötayotgan Ş. Ç.ni (2009 yilda tuğilgan) urib yuborgan.
Bola Qaşqadaryodagi kollej 1-kurs talabasi hisoblanadi va onasi bilan Qibray tumaniga mehmonga kelgan.
U tez tibbiy yordam maşinasida Yunusobod tumani 7-son şahar klinik şifoxonasiga joylaştirilgan. 24 oktyabr kuni Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam körsatiş markazining «Bolalar bölimi»ga ötkazilgan.
Unga boş miya çayqalişi, aralaş şikast, kökrak qafasi yopiq şikasti, öpka lat yeyişi, qorin yopiq jarohati taşxisi qöyilgan.

















