Isroilning Eron böylab raketa zarbasi. Yaqin Şarqda buyoğiga nima böladi?
|22:45 / 27.10.202417 1909 min
Isroil harbiylari şanbaga ötar keçasi Tehrondan ğarbda va janubi-ğarbda, mamlakat poytaxti yaqinida joylaşgan Eron harbiy bazalariga «aniq va maqsadli» raketa zarbalari yöllaganini ma’lum qildi.
Foto: ReutersFoto: Reuters
Isroil qömondonligi vakillari ta’kidlaşiça, tungi aviareyd natijasida Eronning raketa işlab çiqariş korxonalari, şuningdek, «yer-havo» sinfidagi snaryadlari arsenallari hamda boşqa qurollari yöq qilingan.
The New York Times ma’lumotiga köra, Isroil zarbalari oqibatida mamlakat janubidagi neftni qayta işlaş va neft-kimyo zavodlari, gaz koni hamda portni himoya qiliş uçun örnatilgan havo hujumidan mudofaa tizimlari aniq nişonga olingan.
Axios esa Eron ballistik raketa dasturidagi «öta muhim komponent» yöq qilingani haqida xabar bergan. Portal suhbatdoşlariga köra, nişonga olingan obektlar Eron özi mustaqil işlab çiqara olmaydigan va Xitoydan sotib olişga majbur böladigan «öta murakkab uskunalar»dir. Ularning tiklanişi uçun «kamida bir yil ketişi mumkin». Eron hamon ballistik raketalarning katta zaxirasiga ega bölsa-da, Isroildagi manbalarga köra, Eron endi yangi ballistik raketalar işlab çiqara olmasligi fakti uning «Hizbulloh» va husiyçilar kabi hamkorlarining ballistik raketa zaxiralarini töldiriş imkoniyatini çeklaydi.
Isroil yetakçilari mamlakat aviatsiyasi zarbalari yahudiy davlatining Tehron tomonidan «oylar davomida töxtovsiz davom etgan hujumlari», jumladan, Eronning 1 oktyabr kuni Isroil hududini yoppasiga öqqa tutişiga javob bölgan.
Isroil armiyasi boş ştabi boşliği Hersi Halevi (çapda) Eron böylab zarba vaqtida TSAHALning Tel-Avivdagi ştab-kvartirasida, 2024 yil 26 oktyabr
Israel Defense Forces / Xinhua / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Eron rejimiga sodiq bölgan naşrlar «jinoiy sionistik rejim zarbalarini qaytariş çoğida» ikki nafar harbiy xizmatçi halok bölgani (keyinroq qurbonlar soni tört nafarga yetdi), ammo Isroil harbiy-havo kuçlari zarbalari oqibatida göyoki jiddiy zarar yetkazilmagani haqida xabar bergan.
Bu ma’lumotni mustaqil ravişda tekşirişning imkoni yöq, ammo diplomatlarga yaxşi ma’lumki, Islom Respublikasi hukumati bunday holatlarda odatda öz yöqotişlarini kamaytirib körsatadi.
Erondagi «Tasnim» axborot agentligi Tehroning Isroilga «mutanosib» javob zarbasi berişi haqida yozgan.
Deyarli barça yirik arab davlatlari tungi hujumni keskin qoralab çiqdi, ammo bu bayonotlardan birortasida qasosga çaqiriq yöq.
Xususan, Birlaşgan Arab Amirliklari «riskni kamaytiriş va mojaro kölami kengayişining oldini oliş uçun» ikki tomon ham «maksimal darajada vazminlik va mulohazakorlik» körsatişi kerakligini ta’kidlagan.
Mavzuga oid
Saudiya Arabistoni, Qatar va Misr TIV bayonotlarida ham barça tomonlarni «keskinlikni kamaytiriş uçun maksimal darajada vazminlik» namoyiş etiş zarurligi aytiladi.
Bularning barçasi ekspertlarga Tehron Isroilning hujumiga javob qaytarmasdan, bu orqali çeksiz davom etişi mumkin bölgan «qasos doirasi»ni yopişiga umid qilişiga imkon bermoqda.
Ğarbdagi yetakçilar ham şunga çaqiradi.
Britaniya boş vaziri kanselyariyasi «keyingi eskalatsiya heç kimning foydasiga bölmasligi» qayd etilgan, boş vazir Kir Starmerning özi esa buni oçiq matn qilib yozgan: «Eron javob qaytarmasligi lozim».
BBC muxbirlari Eronning javob zarbasi ehtimoli va Yaqin Şarqdagi yaqin kelajakdagi voqealar qanday rivojlanişi mumkinligi haqida fikr yuritdi.
Fors körfazi mamlakatlari Vaşingtonga xavotir bilan qaramoqda Frenk Gardner, BBC xavfsizlik masalalari böyiça muxbiri:
Yaqin Şarqdagilarning barçasi Isroilning [Eronning 1 oktyabr kungi zarbalariga] javobi yaqin ekanini tuşunardi. Ammo ayrim mamlakatlarning hukumatlari AQŞdagi prezidentlik kampaniyasi yakunlanmaguniça Isroil zarba bermasligiga umid qilayotgandi.
Bugun tongda, Tehronning reaksiyasini kutgan holda, Vaşington va Fors körfazidagilar asabiylaşişiga sabablar yetarli edi. Böğozning Arabiston tomonida amerikaliklarning harbiy bazalari joylaştirilgan, AQŞ Harbiy-dengiz kuçlarining Beşinçi floti esa Bahrayndagi portni qarorgoh qilgan.
AQŞ Eronga amalga oşirilgan tungi hujumga aloqador emasligini bildirdi, ammo Isroildagi Thaad havo hujumidan mudofaa tizimi faoliyatini 100 nafar amerikalik harbiy ta’minlaydi, şunday ekan, Eronning har qanday qasos zarbasi AQŞga ham taalluqli bölmay qolmaydi.
Şu bilan birga, uşbu mojarodan özini olib qoçişni istayotgan Fors körfazidagi arab davlatlari Isroilga öz hududidan Islom Respublikasiga hujum qilişda foydalanişga ruxsat bermasligiga Tehronni işontirgan.
Saudiya Arabistonidagilar 2019 yilda Iroqdagi isyonçi kuçlar Eron kömagida raketa zarbalari yöllab, mamlakat neft-kimyo sohasiga jiddiy zarar yetkazganini yaxşi eslaşadi.
Qasos siklini uziş heç qaçon oson emas Jyeremi Bouen, BBC xalqaro tahlilçisi (Quddus):
Isroilning zarbalari kutilgandi. Buning muqarrarligini Isroil 1 oktyabr — Isroil hududi Eron tomonidan yoppasiga öqqa tutilgan kundan buyon bildirib kelayotgandi.
Endi masala şundaki, Eron ham bunga javob qaytaradimi.
Prezident Bayden Isroilga Eronning yadroviy, neft va gaz obektlariga zarba bermaslikni qat’iy tavsiya qilgan — va bu safar Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu uning maslahatiga quloq tutdi.
Vaşingtondagilar Tehronning faqat harbiy obektlariga zarba beriş bilan çeklaniş orqali Eronni Isroil böylab «javob» zarbalari berişdan qaytarişga köndiriş mumkinligidan umid qilmoqda.
Çeksiz zarbalar va qarşi zarbalar zanjirini uziş, ayniqsa, mojaro tomonlari öz tomonidan javob qaytarilmasligi zaiflikni körsatiş hamda qörqoqlik sifatida qabul qilinadigan şaroitda, öta qiyin böladi.
Uruşlar ham aynan şu tariqa, bosqiçma-bosqiç keskinlaşuv orqali yuzaga keladi.
1 oktyabr kuni Eron Isroilga öz ittifoqçisiga hujumlar — xususan, Livandagi «Hizbulloh» harakati yetakçisi öldirilişiga «javob bergandi».
Endi Isroil Eron tomonidan bir neça oydan buyon öz ittifoqçilari va uçinçi mamlakatlardagi proksi kuçlar qöli bilan yöllanayotgan ballistik raketalar hujumiga «javob bergani»ni aytmoqda.
Bu vaqtda Isroil armiyasi Ğazo sektori şimolida yirik hujum amalga oşirmoqda, BMT inson huquqlari böyiça oliy komissari Folker Turk buni «bu uruşning eng mudhiş pallasi» deb atab, isroillik harbiylar «tinç aholi ustiga bomba yoğdirib, qamal qilib, oçlikka mahkum etayotgani»ni aytgan.
Taşqaridan qarab, Isroilning Eron hududi böylab zarbalari xalqaro hamjamiyatning e’tiborini Ğazodagi yurişdan çalğitiş uçun aynan şu vaqtda yöllangani haqida işonç bilan aytib bölmaydi. Ammo aynan şunday maqsad bölganini ham butkul istisno etib bölmaydi.
Eron biladi: Isroilning keyingi zarbasi yanada kuçliroq böladi Liz Dyuset, BBC’ning yetakçi xalqaro şarhlovçisi:
Eron aviatsiya boşqarmasi mamlakat içkarisidagi fuqarolik reyslari töliq jadvalga muvofiq tarzda amalga oşirilayotganini ma’lum qilgan.
Hozirda butun dunyo e’tibori qaratilgan Eron telekanallari efirida sönggi voqealarning transport harakatiga ta’siri kuzatilmagan hududlardan kadrlar namoyiş etilmoqda.
Agar rasmiy Tehron versiyasiga işonilsa, Isroilning Eron harbiy markazlari böylab uçirilgan raketalarining köpçiligi mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimlari orqali muvaffaqiyatli töxtatilgan.
Faqat «çeklangan zarar» haqida xabar berilib, zarbalar vaqtida eronlik ikki harbiy xizmatçi halok bölgani ma’lum qilingan (Bir neça soat ötib yana ikki harbiy ölimi haqida xabar paydo böldi, şu tariqa, jumi qurbonlar soni tört nafarga yetdi — tahririyat tuzatişi).
Isroil aprel oyida yöllagan birinçi zarba köp jihatdan ramziy ma’noga ega bölgan, natijada Eron ham davom ettirmaslikka qaror qilgandi. Tehrondagilar bu safar ham javob bermasdan yuzini saqlab qolişi mumkinligi istisno etilmaydi.
Eron rasmiylari Isroilning Mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimlariga yöllangan zarbalari oqibatlarini baholaşi kerak böladi. Tehrondagilar şuni aniq bilişadi: Isroil ehtimoliy javob zarbasiga yanada kuçliroq zarbalar bilan javob qaytaradi.
Yanada keng kölamli va xavfli uruşga tortilişni istamaydigan Islom Respublikasi keyingi qadami böyiça yakuniy qarorini qabul qilişdan oldin öz javobining ham mamlakat içkarisida, ham butun Yaqin Şarq mintaqasidagi barça ehtimoliy siyosiy «xarajatlari»ni sinçkovlik bilan körib çiqadi.