Egasini topgan «Oltin töp». Yoki «Real»ga nisbatan adolatsizlik qilindimi?
|21:30 / 29.10.202422 91912 min
Keça futbolda heç qanday muhim uçraşuv bölmadi, heç kim navbatdagi çempionlikni nişonlamadi, biror hakam haqli golni bekor qilmadi, heç kim jarohat olmadi. Şunçaki, tugaganiga ança vaqt bölgan mavsumning yakunlari böyiça kimlargadir turli individual sovrinlar topşirildi, xolos. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda ikki lager örtasida tortişuvlar avj oldi va hamon tinmayapti.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Qaysidir ma’noda taşkilotçilar niyatiga yetişdi – futbol maydonida sodir bölmagan hodisalar futbolda muhim voqelikka aylanmoqda. Bu bir tarafdan yaxşi, albatta, yil böyi ter tökkan futbolçilarning ham şu tarzdagi celebrity onlari bölişi kerakdek, ammo boşqa tomondan, UYeFA Vinisiusni mem qilib taqdim etişi, «Real» klubining esa arazlab tadbirga kelmasligi juda xunuk – tadbir saviyasini tuşiradi.
Şunday bölsa-da, qariyb 70 yillik tarixga ega bölgan sovrinda qayd etilgan nomlar muhim. Bu futbol tarixining muhim parçasi ölaroq yoziladi va heç qaçon öçmaydi. Şu jihatdan olsak, turli savollarga javob izlaş mantiqli. Özi «Oltin töp» ğolibi qanday aniqlanadi va qay darajada adolatli? Muxlislar nega norozi va ular nima deyişyapti?
Natija adolatsizmi?
Natija adolatsiz bölgani, Rodrini kimlardir tanimasligi haqidagi iddaolar eng kulgili, zero «Frans futbol» qandaydir hisob kitoblar bilan ğoliblarni e’lon qilmaydi yoki «Oskar» sovriniga öxşaş hay’at a’zolari ham yöqki, tanlovning mantiği haqida fikr yuritilsin. Aynan nimalarga e’tibor qaratiş, ovoz beriş siyosati, qaysidir futbolçining yoki pozitsiyaning ustunligi haqida tavsiyanomalar bermaydiki, bu ovoz beruvçilarga bosim bölsin. Birgina tavsiya, futbolçilarning aynan 2024 kalendar yilida emas, 2023/24 yillar futbol mavsumidagi iştirokiga baho beriş söraladi (Darvoqe, mana şu tayming ham qaysidir ma’noda muxlislar kayfiyatiga, vaziyatni baholaşga yoki qabul qilişga xalaqit berişi turgan gap. Ötgan safar Messining ğolibligi ham qandaydir şubhali kutib olingan, çunki argentinalik futbolçining jahon çempionatidagi ğalabasi 2022 yil oxirida sodir bölgandi, ovoz beriş va ğoliblarni e’lon qiliş paytida esa, Messi allaqaçon «faoliyatini tugatgan», «Mançester Siti» trebl qilib, Holand va Rodri loyiqroq ekani haqida fikrlar köpaygandi. Bu safar ham qisman ta’sir qildi – atigi uç oy oldin köpçilik Rodrining Ispaniya milliy jamoasidagi öyinlaridan söng bemalol «Oltin töp»ni unga bemalol topşirayotgandi, futbolçi jarohat olişi, ayni paytda futbol öynamayotgani öşa kayfiyat unutilişiga sabab böldi. Menimça, 2023/24 yillar mavsumi yakuni böyiça topşiriladigan sovrin öşa mavsum tugaşidan biroz ötib topşirilişi maqsadga muvofiq).
Xullas, «Oltin töp» sohibi qanday aniqlanadi?
Joriy mavsumdagi körsatgan öyini, jamoasi bilan erişgan yutuqlaridan kelib çiqib, naşr nomzodlarning 30 talik röyxatini taqdim etadi. Uşbu nomzodlar içidan har bir ovoz beruvçi öz önligini taqdim etadi va önlikdagi örniga qarab 15, 12, 10, 8, 7, 5, 4, 3, 2 va 1 ball beriladi. Barça ovozlar yiğilib, ballar jamlanadi va ğolib aniqlanadi.
Mavzuga oid
Kimlar ovoz beradi? Barça davlatdan futbolga ixtisoslaşgan yetakçi jurnalistlar, ayni paytda reytingda top-100 da turgan futbolçilar, şuningdek, 50 nafar ayol futbolçi. Ya’ni, juda köp. Bir neça yuzlab ovozlarni nazorat qiliş, kimningdir ğolibligini ta’minlaşga harakat qiliş imkonsiz, zero, masalan, janob Peres bemalol öz jamoasi bilan kerakli suriştiruvni amalga oşirib, ovozlarni hisoblaşdagi ehtimoliy xatolikni aniqlaşi mumkin. Bu faqat vaqt talab qiladigan juda oson yumuş va agar şu paytgaça heç kim ovozlarni qayta hisoblab, farqni taqdim etmagan ekan, «Frans futbol»ni adolatsizlikda ayblaş noörin.
Ha, aniqlaş tizimi kimgadir yoqmasligi mumkin, ammo toki uşbu tizim içida xato yöq ekan, uni adolatsiz deb baholaş mantiqsiz. Bu sovrin töğri yoki notöğri emas, bu sovrin şunaqa, tamom.
E’tirozlardan yana maşhuri – ötgan yillardagi ğoliblar yoki ğolib böla olmaganlarni misol qilib, «agar Rodri bölsa, nega Iniyesta olmagan?» qabilidagi fikrlar. Bu yerda avvalo, mantiqiy adaşiş bor – xöp, agar siz Iniyestani «Oltin töp»ga loyiq edi, deb hisoblasangiz, nega Rodriga ham norozi bölyapsiz? Iniyesta loyiq bölsa, Rodri ham loyiq degani emasmi? Ya’ni Rodrining ğalabasini haqiqatning röyobga çiqişi sifatida nişonlab, yana Iniyestaning ham olişi kerakligini aytişda davom etib yuraverganingiz töğri emasmi? Agar Rodri noloyiq deb hisoblasangiz, nega Iniyestani loyiq hisoblagansiz?
Messi va Ronaldu davri tendensiyani özgartirib yuborgan
Albatta, bu yerda uzviylik talab qilinişi haqida ham gap bor. Doim bir xil mantiq işlaşi kerakligini talab qiliş bor. Lekin agar rostan ham 2010 yilda xato bölgan deb hisoblasak, şundan keyin deyarli har safar öşa xatoni takrorlaş qançalik töğri böladi?
Öşa yillardagi «Oltin töp»lar haqida Joze Mourinio juda yaxşi fikr bildirdi yaqinda:
— 2010 yilda Snayderning «Oltin töp»ini «öğirlaşganmidi»?
— Öşanda kim olgandi sovrinni?
— Messi.
— U holda yöq, öğirlanmagan. Ha, Snayder öşanda mening qöl ostimda treblga erişgan, Jahon çempionatida finalgaça borgan. Ajoyib, albatta, Snayder bunday mavsum uçun uçlikda bölişga arziydi. Ammo Messi va Ronaldu davri şunday davrki, ularning «Oltin töp»larini «öğirlangan» deyiş xato.
Men şu fikrga töliq qöşilaman. Doim «Oltin töp»ni «El klasiko»ga aylantirib yuboradigan «Real» va «Barselona» muxlislari ham quvvatlaşi kerak. Rostan ham Messi va Ronaldu özga daraja, boşqa olamga çiqib ketgandiki, ularning davrida boşqa kimgadir «Oltin töp» berib bölmasdi.
Ha, öşa paytlarda ham jamoa bilan qölga kiritilgan sovrinlar ahamiyat kasb etgan, ammo faqat ikkisi örtasida. Messi va Ronalduning qaysi biri öşa yili köproq sovrin yutsa, ovozlar öşanga ketavergan. Ikkisi ham katta sovrin yutmagan yillarda hatto statistikaga qarab ham ustunlik oğib ketavergan. Messi va Ronaldu turganida, Riberi, Snayder, Iniyesta yoki Azar haqida öylaş rostan ham juda qiyin bölgan. Albatta, ba’zi alohida jurnalist yoki futbolçi boşqaça fikrlaşi va öz ovozini öz mantiğidan kelib çiqib işlatişi mumkin, ammo juda köp ovoz beruvçilar bölganda, baribir umumiy natija umumiy mantiqqa böysunaveradi. Umumiy mantiqni esa, yuqorida Mourinio juda yaxşi tuşuntirgan.
Şuning uçun «Oltin töp» mantiğini anglaşga harakat qilganimizda, Ronaldu va Messi töp yuqori saviyada töp surgan mavsumlarni qöşmaslik kerak. Keling, avvalroqqa qaytamiz, xöş, Vinisiusning Çempionlar Ligasidagi qahramonliklari toş bosadimi yoki milliy jamoadagi öyinlarmi?
Çempionlar Ligasi şunçalik muhim turnirmi?
2008-2020 yillarda, ya’ni Ronaldu/Messi davrida Ronaldu 5 marta, Messi 3 marta Çempionlar Ligasini yutadi va öşa yillari «Oltin töp»ni oladi. Şu davrda ötgan milliy jamoalar turnirlarida faqat bir marta Ronaldu Portugaliya bilan Yevropa çempionatini yutgan, xolos. Öşa yili u YeÇLda ham zafar qozongan. Aytmoqçimanki, Messi va Ronalduning qaysi biriga «Oltin töp» topşirilişi kerakligi haqida boş qotirilganda, tabiiyki, 8 marta Çempionlar Ligasi ğolibligi muhim ahamiyat kasb etgan. Biri YeÇL yutgan mavsumida ikkinçisiga «Oltin töp» berilişi imkonsiz edi. Nazarimda, aynan mana şu omil muxlislar nazdida Çempionlar Ligasi darajasini «Oltin töp» sörovnomasida aslidan ança yuqoriga kötarib qöydi. Göyoki, «Oltin töp» aynan YeÇL ğolibiga berilişi kerak degan notöğri tasavvur paydo qildi.
Asoslaş uçun Messi/Ronaldu davridan avvalgi sovrindorlarga qaraymiz. Çempionlar Ligasi paydo bölgan 1990-yillardan buyoğini olganda faqat 2 marta, ha, atigi 2 marta «Oltin töp» Çempionlar Ligasida ğolib çiqqan jamoa a’zosiga berilgan. 2000 yilda Luiş Figu va 2007 yilda Kaka. Qolgan 13 mavsumda «Oltin töp»ni olgan futbolçi Çempionlar Ligasi ğolibi emas, tasavvur qilyapsizmi?
Milliy jamoalar musobaqalari esa, aksinça, keragidan ham köproq toş boş bosganiga guvohi bölamiz. «Oltin töp» tarixiga qarasak, quyidagi tendensiya kuzatiladi:
– agar jahon çempioni Yevropa mamlakati bölsa, «Oltin töp» egasi öşa jamoadan bölgan;
– Yevropa çempionati ötkazilgan yillarda «Oltin töp» egasi çempion jamoa vakili bölgan.
– 1996 yildan söng, ya’ni sovrin boşqa qit’a vakillariga ham berila boşlangaç, 1998-2006 yillar davomida «Oltin töp» jahon çempioni bölgan jamoa vakillari – Zidan, Ronaldo va Kannavaroga topşirilgan.
Ya’ni, agar Ronaldu/Messi davrini qavs içiga olsak, uşbu sovrin ğoliblari tendensiyasiga köra, 2023/24 yillar mavsumi uçun Vinisius Junior emas, Rodriga berilişi mantiqan mos keladi. Har ikkisi ham öz mamlakatida klubi bilan çempionga aylandi. Vinisius «Real» bilan Çempionlar Ligasini yutgan bölsa, Rodri Ispaniya bilan Yevropa çempioniga aylandi. Har ikkisi ham çempionlik yölida eng muhim figuralardan bölişdi.
Ammo Yevropa çempionati Çempionlar Ligasidan köra salmoqliroq hisoblanişini yuqorida körib çiqdik. Rodri bir yil oldin Yevropada trebl qilib, finalda hal qiluvçi golni urganida sovrinni jahon çempioni Messiga topşirib, aslida undan pastroq mavsum bilan ham Yevropa çempionatida ğolib çiqqan yili şohsupaga çiqayotganida ham tuşunarli mantiq bor – milliy jamoalar futboli ustun. Bu aslida töğri ham. Futbolçilar klubda katta maoş olişadi, köproq e’tibor qaratişadi, umuman futbol klublar boşqaruviga ötib bölgan bir davrda milliy jamoalar nufuzini uşlab turiş ham ahamiyatli sanaladi.
Şuningdek, Dani Karvahal ham bor. U Vinisius bilan Çempionlar Ligasini ham, Rodri bilan birga Yevropa çempionatini ham yutdi. YeÇL finalida gol urdi, Yevroda yetakçilardan böldi. Şaxsan men uçun uning Ispaniyadagi örni Rodrinikidan kam emas va agar ovoz beriş imkoniyati menda bölganida Karvahalni birinçi öringa qöygan bölardim. Lekin bu Rodrining ğolibligi nohaq ekanini anglatmaydi. Siz Vinisiusni eng loyiq hisoblaşingiz ham mumkin, bu ham inkor qilinmaydigan bir fikr. Ovoz bergan jurnalistlar içida Vinisiusga ovoz berganlar ham juda köp, heç kim ularni nohaq deya olmaydi. Hamma masala ham şunda. Bir qança ovozlar yiğilib, yakuniy natija paydo böladi. Biz esa buni qabul qilamiz, xolos.
Xulosa örnida savol tuğiladi, agar «Mançester Siti» muxlislariga Rodrining «Oltin töp»i örniga ötgan bahordagi YeÇL ğolibligini taklif qilişsa rozi bölişarmidi? «Real» muxlislari-çi? Menimça, javob aniq. Futbol maydonda hal qilinadigan jamoaviy öyin. Jamoaning yutuqlari, sovrinlari eng oliy maqsad bölişi kerak va aslida şunday ham. Keçagi kabi tadbirlar heç qaçon futbolni öz ortidan ergaştira olmaydi, aksinça, futbolning ortidan yurişga majbur. Şunday ekan, avvaldan belgilangan şartlar ostida haqli tarzda ğolibni tabriklaylik va nihoyat, bundan buyon eng jamoaviy futbolçi ham «Oltin töp»ni qölga kirita olişi mumkin bölayotganini nişonlaylik.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi