Bajariladigan vazifaga moslab, eng qulayini tanlang. Visa Direct — Visa kartalari o‘rtasida tezkor pul o‘tkazish uchun, SWIFT — xorijdagi o‘qish yoki davolanishga to‘lov qilish uchun.
Visa Direct — Visa kartalariga tezkor pul o‘tkazish
Octo-Mobile ilovasidagi Visa Direct bu — dunyoning 180 mamlakatiga bir zumda pul o‘tkazish xizmati. Yaqinlari Visa kartasiga valuta kartasini ochmasdan pul yubormoqchi bo‘lganlar uchun mos keladi. Xizmat avtomatik ravishda mablag‘larni oluvchining valutasiga konvertatsiya qiladi.
Octo-Mobile ilovasidagi Visa Direct orqali qanday qilib pul yuborish mumkin?

- Ilovaning pastki menyusida “Kartalar”ni tanlang.
- Pul yuboriladigan kartani tanlang.
- Karta menyusidan “O‘tkazma”→ “Visa Direct”ni tanlang.
- Pul oluvchining karta raqami hamda familiyasi, ismini kiriting, pul miqdorini ko‘rsating va o‘tkazmani tasdiqlang.
Visa Directʼning afzalliklari:
- O‘tkazmalarni Humo va Uzcard kartalaridan yuborish mumkin.
- Qamrov - dunyoning 180 mamlakati.
- Mablag‘lar avtomatik ravishda oluvchining valutasiga o‘tkaziladi.
Komissiyalar
- Octobank Visa kartalaridan boshqa banklarning Visa kartalariga pul o‘tkazish - 1% (kamida 2,40 dollar).
- Octobank Uzcard kartalaridan boshqa bankning Visa kartalariga o‘tkazmalar – 2% (kamida 40 000 so‘m), Octobank Humo kartalaridan boshqa bankning Visa kartalariga o‘tkazmalar – 1,5% (kamida 40 000 so‘m).
Bu usul, masalan, qarindoshlar tomonidan chet elga tezda pul jo‘natish kerak bo‘lgan holatlar uchun mos keladi.
SWIFT — xizmatlarga to‘lov qilish uchun ishonchli o‘tkazmalar
SWIFT sizga Octobank hisobraqamidan boshqa mamlakatdagi bank hisobraqamiga pul o‘tkazish imkonini beradi. O‘qish, davolanish yoki yirik xaridlarga to‘lov qilish uchun qulay. Mijoz o‘tkazma valutasini tanlashi mumkin va mablag‘lar avtomatik ravishda oluvchining valutasiga konvertatsiya qilinadi.
















