Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlanadi
Surxondaryo viloyatida isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlanadi. Bu haqda viloyat hokimining tegishli farmoyishida belgilab qo‘yilgan.
Surxondaryo viloyatida aholi turar joylari va ijtimoiy soha obektlariga issiqlik ta’minoti berish 2024 yil 1 noyabrdan boshlanadi. Bu haqda 2024 yil 29 kuni e’lon qilingan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning farmoyishida ma’lum qilingan.
Farmoyishga ko‘ra, tuman va shahar hokimliklari 31 oktyabrdan ijtimoiy obektlar va kommunal soha korxonalarida kun-u tun ishlovchi shtab tashkil qiladi. Gaz, elektr va suvga mas’ul tashkilotlar hokimliklar bilan avariyaviy xizmatlar tashkil etib, uni texnikalar bilan ta’minlaydi.
Shuningdek, farmoyishda "Temiryo‘lyonilg‘ita’min” birlashgan yonilg‘i ombor xo‘jaligi, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi, Sog‘liqni saqlash, viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari Termiz shahar va tumanlar hokimlari bilan birga ijtimoiy soha muassasalariga hamda viloyat aholisiga 2024 yil 1 dekabrgacha ajratilgan ko‘mir mahsulotlarining to‘liq yetkazib berilishini ta’minlashi topshirildi.
Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari A.Amirov zimmasiga yuklangan.
Mavzuga oid
19:20 / 27.06.2026
Surxondaryo viloyat soliq boshqarmasiga rahbar tayinlandi
20:58 / 08.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin barpo etgan bog‘ saqlab qolinadigan bo‘ldi
13:33 / 08.06.2026
Surxondaryoda ham IIB xodimi voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda
08:51 / 03.06.2026