Collins English Dictionary «AI» 2023 yilning asosiy sözi ekanini e’lon qildi.
AI (artificial intelligence) - bu sun’iy intellektni anglatadigan qisqartma. Luğat sun’iy intellekt atamasiga «insonning aqliy jarayonlarini kompyuter dasturlari yordamida modellaştiriş» deb ta’rif berdi.
BBC News naşrining Collins direktori Aleks Bikroftga tayanib yozişiça, 2023 yilda e’tibor markazida bölgan texnologiyaning jadal rivojlanişi tufayli AI yil sözi sifatida tanlangan. Kompaniya ma’lumotlariga köra, joriy yilda bu atama tört barobar köproq qöllanila boşlangan.
Şuningdek, Collins tomonidan 2023 yil uçun tanlab olingan eng asosiy sözlarning qisqa röyxati quyidagilarni öz içiga olgan:
- Deinfluencing - obunaçilarni muayyan mahsulotlardan, turmuş tarzidan va hokazolardan voz keçiş zarurligi haqida ogohlantiriş uçun ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş;
- Nepo baby — karerasi maşhur ota-onasining muvaffaqiyati asosida qurilgan şaxs;
- Canon event - inson şaxsini şakllantiriş uçun muhim bölgan voqea;
- Greedflation - korxonalarning narxlarni oşiriş maqsadida inflatsiyani bahona sifatida işlatişi;
- Semaglutide - iştahani va qonda şakar miqdorini pasaytiriş uçun işlatiladigan dori.
Collins luğati 2022 yilda asosiy söz sifatida «permacrisis» ya’ni «doimiy inqiroz»ni tanlab olgan edi.

















