«Tolibon» yetakçilari birdam ekanini körsatişga urinsa-da, içkarida vaziyat boşqaçaroq. Içki işlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy esa NYT’ga intervyusida bu boradagi taxminlarni tasdiqlagandek böldi. U dunyoga qanday signal bermoqçi? «Tolibon» içidagi birdamlik bugun qançalik mustahkam? «Geosiyosat»ning navbatdagi sonida afğonşunoslar şu kabi savollar yuzasidan izoh berdi.

“Tolibon” hokimiyatga kelgaç, guruh birdam ekanini isbotlaşga harakat qildi. Ammo barçasi köringanidek emas. Kuni keça içki işlar vaziri Sirojiddin Haqqoniyning “The New York Times”da e’lon qilingan intervyusida, taşqi dunyo uçun qandaydir signal bordek, guruhning “haqiqiy tarmoği” rahbari Sirojiddin Haqqoniy va oliy rahbar Şayx Haybatulloh Oxunzoda örtasidagi kelişmovçiliklar borgan sari köpaymoqda, degan fikrlar yangramoqda. Haqqoniy uçun Qöşma Ştatlar tomonidan ön million dollar mukofot e’lon qilingan va hamon u qidiruvdagi şaxs. Suhbat davomida u va otasi Jaloliddin Haqqoniyning AQŞ bilan uzoq yillik sirli aloqalariga ham töxtalgan. Xöş, Haqqoniy bu intervyu bilan dunyoga qanday signal bermoqçi? “Tolibon” içidagi birdamlik bugun qançalik mustahkam? Kun.uz “Geosiyosat”da mavzuni tahlil qiliş uçun bir qança afğonşunoslar Anvar Yöldoşev, Nurislom Ahmadjonov va Azizbek Fayzullayevni taklif etdi.

“The New York Times”ning Sirojiddin Haqqoniy bilan qilgan intervyusi kimlarga va qanday signal bölişi mumkin?

Anvar Yöldoşev: Sirojiddin Haqqoniyning bu birinçi intervyusi emas. Ğarb davlatlariga berayotgan oxirgi ikki yilda u eng aşaddiy terrorçidan diplomat, siyosatçi yoki davlat xodimiga aylandi. Bilamiz, Sirojiddin Haqqoniy “Tolibon” içki işlar vaziri lavozimida işlayapti va u Afğonistonni taşqi dunyoga olib çiqişi kerakligini körsatayotgan “Tolibon” hukumati a’zolaridan eng asosiylaridan biri sifatida körilmoqda. Afğoniston taşqi dunyo bilan hamkorlikka kirişişi kerakligini aytayotgan rahbarlardan biri bölib qoldi.

Albatta, intervyular ortida oçiqlangan-oçiqlanmagan maqsadlar bor, ular haqida suhbat davomida yana gaplaşamiz.

Nurislom Ahmadjonov: Hozirda media olamida Sirojiddin Haqqoniyning intervyusi şov-şuv sifatida talqin qilinyapti. Aşaddiy terrorçidan diplomatga aylanişi bu qandaydir bir işora, ya’ni bu intervyudagi işoralar nimaga qarab ketadi?! Bevosita “The New York Times”