Apple korporatsiyasi Globalstar sun’iy yöldoş kompaniyasiga qariyb 1,5 milliard dollar sarmoya kiritmoqçi, deb xabar beradi CNBC.

Qayd etilişiça, Globalstar sun’iy yöldoş tarmoğidan hozirda iPhoneʼlardagi favqulodda xabar yuboriş xizmatini boşqarişda foydalanilmoqda. Mazkur funksiya ilk bor iPhone 14 qurilmasida işga tuşirilgan va uning yordamida favqulodda vaziyatlarda sun’iy yöldoş orqali matnli xabar yöllaş mumkin.

Telefon taşqi antenna yoki tarmoqdan foydalanilmagan holda Globalstar sun’iy yöldoşlariga töğridan töğri ulanadi. AQŞ Qimmatli qoğozlar va birja komissiyasi tomonidan e’lon qilingan hujjatda aytilişiça, Apple Globalstar’ning 20 foiz aksiyasini sotib olişga 400 million dollar sarflaydi va yangi tarmoqni quriş uçun avans körinişida 1,1 milliard dollar investitsiya kiritadi. Kompaniya qölga kiritilgan mablağning qariyb 232 million dollarini öz qarzlarini qisqartirişga yönaltiradi.

Servis 31 ta birinçi avlod sun’iy yöldoşi bilan faoliyat yuritadi. Apple 2022 yilda Globalstar tarmoği modernizatsiyasi uçun sarmoya kiritgandi, ammo uning qiymati oçiqlanmagan.

Appleʼning ikkinçi investitsiyasi Globalstar’ning ikkinçi avlod tarmoğini moliyalaştirişga qaratilgan. Ayni vaqtda sun’iy yöldoşli internet oldiga yangi vazifalar qöyilgan — smartfonlarning internetga taşqi antennadan foydalanmagan holda internetga töğridan töğri ulanişini ta’minlaş.

Globalstar kompaniyasi yaqin yillarda öz sun’iy yöldoşlar tarmoğining 80 foiz xizmati Appleʼga, qolgan qismi esa boşqa mijozlarga berilişini tasdiqladi.