Arçazordan topilgan odam boşi – Qöştepadagi qotillik tafsiloti
|00:18 / 03.11.202489 1498 min
2022 yilning 2 oktyabr kuni Qöştepa tumanining Xumdon mahallasida yaşovçi Rasul Imomov mahalla idorasiga borib, rais va profilaktika inspektoriga kelini ketib qolganini aytadi. Bungaça ham oilaviy kelişmovçilik tufayli bir neça bor ketib qolgan kelin bu safar ota uyiga emas, “kelmaydigan joyga” ketgan edi. Yöqolgan kelin topilganida mahalla ahli qörquvdan yoqa uşlab qoladi: u inson xayoliga kelmaydigan vahşiylik qurboni bölgandi.
Foto: Kun.uz Foto: Kun.uz
Bundan 2 yil oldin Farğona viloyatining Qöştepa tumanida sodir bölgan jinoyat köpçilikni hayratdan yoqa uşlaşga majbur qiladi. Negaki, qotillik tafsilotini eşitganlar nahotki ovqat uçun tortişuv şu qadar vahşiylikka sabab bölgan bölsa, degan öyga borardi. Ammo jinoyat ildizi, unga sabab bölgan omillar ança çuqurroq edi: ovqat ustidagi tortişuv esa şu holdayam limmo-lim tölgan piyolaga sönggi tomçi bölgandi xolos.
Töy
Rasul Imomov 2011 yilda özi bilan birga yaşaydigan uçinçi farzandi Husniddinni yaxşi niyatlarda Gulmira ismli qizga uylantirib qöyadi. Qöl-oyoği çaqqon kelin yelib-yugurib qaynona va qaynotaning xizmatini qila boşlaydi. U Oltiariq tumani Fayziobod qişloğidagi bolalar soğlomlaştiriş sanatoriyasida kutubxonaçi vazifasida ham işlardi.
Töy ötganidan bir yildan keyin negadir qaynona va kelin örtasiga sovuqçilik tuşadi: Gulmira qaynonasi bilan salomlaşmaydigan, gap qaytaradigan odat çiqaradi. Turmuş örtoği bilan ham goh-gohida janjallaşa boşlaydi. Albatta, har doim bölgani kabi bu yerda ham qars ikki qöldan çiqqan.
Kelinning uyga qaytişi
Arzimas köringan bu janjallar bora-bora oilaviy kelişmovçilikka aylanadi hamda kelin farzandli bölgaç ota uyiga ketib qoladi. Uning ortidan borgan turmuş örtoği öşa yerda biror oy birga yaşaydi va söngra işlaş uçun Rossiyaga ketadi. Biroq Rossiyada Husniddinning işlari yurişmaydi, 1,5 oyda deport bölib ortga qaytadi.
U uyiga emas, töğri ota uyida yaşayotgan turmuş örtoğining oldiga borib, öşa yerda yaşay boşlaydi. Bir oy ötgaç esa xotinini olib, öz uyiga keladi.
Şu tariqa, Gulmira goh ota uyiga ketib, goh kelinlik uyiga qaytib yaşab yuradi. 2022 yilning 1 oktyabr kuni u yana ğoyib böladi. Ammo bu safar u aççiqlab ota uyiga ketmagandi.
Adirlikdan topilgan murda
2022 yilning 2 oktyabr kuni Rasuljon Imomov mahalla raisi hamda profilaktika inspektoriga kelini ketib qolganini aytadi. Köp ötmay kelinning ota uyiga bormagani oydinlaşadi.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari, Gulmiraning yaqinlari oyoqqa turadi va uni izlay boşlaşadi. Qidiruv işlari köpga çözilmaydi: Oltiariq tumani Fayziobod mahallasidagi fermer xöjalik yerlariga tutaş maydondan tanadan ajratilgan boş topiladi. Kelin mudhiş qotillik qurboni bölgan edi.
Mavzuga oid
“Ovqatni mazaliroq pişiring, kelin”
Gulmiraning qotili aslida mahalla raisi va profilaktika inspektoriga uning ketib qolgani haqida xabar bergan qaynotasi, 1958 yilda tuğilgan Rasul Imomov edi.
2022 yilning 1 oktyabr kuni soat 15:00 larda köçadan uyga qaytgan qaynota oşxonada kelini Gulmira ovqat pişirayotganini körib, unga taomni mazaliroq pişirişni buyuradi. Bunga javoban kelin jahl qilgan holda ovqatni qölidan kelgança tayyorlaşini, qanday bölsa-da, baribir uni yeyişini aytadi.
Bundan ğazablangan qaynota uyda ulardan boşqa heç kim yöqligidan foydalanib, oşxonaga kiradi hamda qöli bilan Gulmira Qosimovaning böynidan uradi. Zarbadan kelin yerga yiqilib, huşini yöqotadi.
Adirlikdagi qotillik
Rasul Imomov huşsiz yotgan kelinini Matiz maşinasining orqa örindiğiga yuklab, Farğona tumani Oqbilol qişloğidagi adirlik maydoniga olib boradi. Atrofda heç kim yöqligiga işonç hosil qilgaç, Gulmirani maşinadan tuşirib, piçoq bilan kesgan holda boşini tanasidan ajratib oladi.
Söngra qotil qaynota kelinining boşini tselofan paketga solib, maşinaga qöyadi. Tanasini esa qöl va kökrak sohalaridan bölaklarga ajratib, adirlik yaqinidagi çiqindi taşlaş joyiga uloqtirib yuboradi. Kesib olingan boşni esa Oltiariq tumani Fayziobod mahallasidagi boğdorçilik fermer xöjaligiga qaraşli yer maydonining çetidagi arça daraxti orasiga yaşirib ketadi.
“Kelinlik vazifasini bajarmagani uçun öldirdim”
Rasul Imomov suddagi körsatmasidavoqeani şunday hikoya qilib bergan:
“Öşa kuni turmuş örtoğim va öğlim uy röparasida joylaşgan boğda öt örişayotgandi. Nevaralarim esa köçada öynab yurişgan ekan. Ovqat pişirayotgan kelinimga yaxşiroq pişirişni, yöqsa oşqozonda hazm bölişi qiyinligini aytdim. Kelinim menga gap qaytarib, nima qilsa ham iste’mol qilişlarini aytdi. Şundan söng kelin oşxona eşigini qattiq yopişi oqibatida eşikning oynasi sindi.
Bundan jahlim çiqib, kelinning oldiga bordim va öng qölim bilan böyin sohasiga urdim. Kelin betonga boşi bilan yiqilib, huşidan ketdi va xirillay boşladi. Uni ölyapti deb öyladim.
Hovli darvozasini berkitib, ikkala qöltiğidan kötargan holda kelinni maşina oldiga sudrab bordim va orqa örindiqqa yotqizdim. Maşina boşqarib, katta yölga çiqdim. Farğona tumaniga qaraşli Oqbilol mahallasidagi adirlik tomonga borib, biroz dam oldim. Bu vaqtda soat 18:15 lar bölgandi.
Doimo maşinada piçoq olib yurardim. Kelinni maşinadan pastga tuşirib, yuzini pastga qaratgan holatda soçidan uşladim va böyin qismidan kesdim. Piçoq ötkir bölgani sababli böyin tez kesildi. Boşni tanadan suyaklarni sindiriş yöli bilan ajratdim. Tanani jarlikka taşlab yubordim. Boşni esa özim bilan birga “Farğona-Qöqon” yöliga qadar olib keldim va Farğona tomonga taxminan 1 km yurib, yöl böyidagi arçaning orasiga joylaştirib qöydim.
Şundan söng uyga keldim. Öğlim, turmuş örtoğim va nevralarim çoy içib ötirgan ekan. Turmuş örtoğim menga kelin yöqligini aytdi.
3 oktyabr kuni soat Oltiariq tumanidan ayol kişini boşi topilgani haqida xabarga asosan meni IIBga olib borib, kelinim haqida söraşdi. Şunda barçasini aytib berdim”.
Rasul Imomov körsatmasida jinoyatni bir özi sodir etganini, niyati qilmişini yaşiriş bölganini bayon qilgan. Şuningdek, u Gulmira Qosimovani qasddan öldirişiga asosiy sabab oilaviy kelişmovçilik bölganini, kelini uni, turmuş örtoğini, öğlini hurmat qilmaganini, kelinlik vazifasini bajarmaganini ma’lum qilgan.
“Eng oğir jazoni berişsin”
Sudda söralgan marhumaning otasi N.Qosimov uşbu jinoyatda nafaqat Rasul Imomov, balki uning öğli va turmuş örtoğining ham aloqasi va qöli bor deb hisoblaşini bildirgan.
“Qizim turmuşga çiqqaç kuyovim uni köp uradigan, işlaridan kamçilik axtaradigan bölib qoldi. Qizim köp marotaba farzandlarini olib uyga kelganida turmuş örtoğim unga bolalari borligini, hali hammasi öz iziga tuşib ketişini tuşuntirardi.
Qizim Gulmiraxonga uning qaynotasi Rasul Imomov ham ruhiy tazyiq ötkazgan holda uy yumuşlarini yaxşi bajara olmayotganini, ovqatni şirin pişirmayotganini gapirib, asabiga tegib kelgan. Qizim tabiatan töğri söz, haqiqatni gapiradigan, mehnatkaş, bolalariga mehribon va ularni yaxşi parvariş qiladigan, özi işlab, bolalari va özini ta’minlay oladigan ayol edi.
2022 yil 3 oktyabr kuni IIB va prokuratura xodimlari kelib, qizim Gulmirani qidirib topiş böyiça suriştiruv harakatlarini ötkazişganini, izlaş işlari Qöştepa, Oltiariq va Farğona tumanlarida ham amalga oşirilganini bildirişdi. Şu kuni keçga yaqin qarindoşlarim, qöşnilarim uyga kelib, qizimning jasadi Oltiariq va Farğona tumanlari hududlaridan topilganini, u vafot etganini ma’lum qilişdi”, degan u.
Jazo
Rasul Imomovning qilmişi guvohlarning körsatmalari hamda ekspertiza xulosalari va boşqa dalillar bilan töliq öz isbotlangan.
Sud hukmiga köra, Rasul Imomov Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 2-qismi “v” bandi va 134-moddasi (qabrni tahqirlaş) 1-qismi bilan aybdor deb topilgan. Unga 13 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Ruslan Saburov,
Kun.uz
Sud materiali asosida tayyorlandi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi